Departament öz bayonotida talabgorlarni firibgarlardan ogoh bölişga çaqirgan. Firibgarlar internetda grin-karta dasturining haqiqiy rasmiy sahifasiga öxşaş sahifa yaratişlari yoki boşqa turli usullar orqali odamlarni laqillatişi mumkin.
Lotereyada qatnaşiş bepul. Bir kişi bittadan köp ariza topşirsa, uning barça arizalari dasturdan çetlaştiriladi.
AQŞ taşqi siyosat idorasining qöşimça qilişiça, 2025 yil uçun grin-karta dasturi ğoliblari 2024 moliya yili yakuni – 30 sentabr kunining sönggiga qadar öz vizalarini olib bölişlari yoki viza statuslarini özgartirişga ulgurişlari kerak.
Rasman Xilma-xillik dasturi deb ataladigan viza lotereyasi – AQŞga immigratsiya darajasi tarixan past bölgan xalqlar vakillariga Amerika immigratsion vizasi olişi uçun imkoniyat sifatida joriy etilgan. Bu orqali AQŞ aholisi orasida millatlar xilma-xilligini boyitiş maqsad qilingan.
Har yili bu dastur orqali 55 mingta muhojirga AQŞda doimiy yaşaş huquqi beriladi.
Lotereya natijalari odatda kelgusi yil may oyida e’lon qilinadi.












