30 sentabr kuni Özbekiston hududi böyiça havo biroz bulutli böladi, respublikaning ayrim joylarida (Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan taşqari) qisqa muddatli yomğir yoğadi. Farğona vodiysi viloyatlarida faqat keçqurun biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
"Özgidromet" xabariga köra, bugun havo harorati +18...+23 daraja atrofida ança salqin böladi. 1-4 oktyabr kunlari recpublika böyiça örtaça iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi.
Faqat 2 oktyabrda Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4 oktyabr kunlari respublika şimolida va çöl hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabr va 3-4 oktyabrda respublika böyiça ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Harorat asosan keçalari 1 oktyabrda +7...+12 böladi, 2-4 oktyabrda +12...+17 gaça kötariladi. Kunduz kunlari 1-2 oktyabrda +22...+27, 3-4 oktyabrda +25...+30 daraja böladi.
Respublikaning toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.
Poytaxtda 30 sentabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomğir yoğadi. Harorat +20...+22 böladi. 1-4 oktyabr kunlari asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 sentabrda biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Harorat keçalari 1 oktyabrda +9...+11, 2-4 oktyabrda +13...+16 gaça kötariladi, kunduz kunlari 1-2 oktyabrda +24...+27, 3-4 oktyabrda +27...+30 daraja böladi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.












