Norvegiya hukumati xuddi Finlandiya kabi Rossiya bilan çegaraga panjara quriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Emili Enger Melga tayanib, NRK xabar berdi.
Finlandiya hukumati 2022 yilda Rossiya bilan çegaraga panjara qurişga qaror qilgandi — bu mamlakat xavfsizlikka oid vaziyatning özgarişi sabab amalga oşirilayotgani aytilgan. 2023 yil sentabrda panjaralar örnatilgan 3 kilometrli birinçi hudud oçilgan edi. Noqonuniy muhojirlar oqimi ortib ketgaç, Finlandiya öşa yilning özida Rossiya bilan çegaradagi barça nazorat-ötkaziş punktlarini yopgan va panjarani takomillaştirişga qaror qilgan edi. Rejaga muvofiq, uzunligi 200 kilometr, balandligi 3,5 metrga yetadigan panjara 2026 yil oxiriga qadar tayyor böladi.
«Uşbu çegara panjarasi nafaqat tutib qoluvçi omil sifatida faoliyat körsatişi bilan, balki u çegaraga yaqinlaşgan odamlarni aniqlaş imkonini beradigan datçik va texnologiyalar bilan ham jihozlanişi bilan ahamiyatlidir», — deydi Mel.
Adliya vazirining aytişiça, Norvegiya hukumati «qisqa muddat içida» çegarani yopişga tayyor. Melning pozitsiyasini Finnmark provinsiyasi politsiya boşliği Ellen Ketrin Xetta ham qöllab-quvvatlagan. Uning fikriça, bu noqonuniy migratsiyaning oldini olişga xizmat qiladi.
NRK’ning qayd etişiça, Norvegiya—Rossiya çegarasini kamdan kam hollarda noqonuniy kesib ötişadi: politsiyaning ötgan yilgi bayonotiga köra, Ukrainada uruş boşlanganidan beri Norvegiyadan Rossiyaga noqonuniy ravişda uç kişi ötib ketgan.
Bundan oldin Norvegiya barça ukrainaliklarga avtomatik ravişda boşpana berişni töxtatişini e’lon qilgandi. Endi Ukrainaning ğarbiy oblastlaridan kelgan qoçqinlarning arizalari alohida körib çiqiladi. Mamlakat allaqaçon 85 mingga yaqin ukrainalikni qabul qilgan.












