2006 yilgi Ikkinçi Livan uruşi davrida «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrullohni öldiriş uçun qilingan uç suiqasd ham muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin Isroil razvedkasi iş metodlarini özgartirgan va guruh jangçilari haqida katta hajmdagi ma’lumotlarni yiğişga kirişgan. Razvedkaga «Hizbulloh» Suriyadagi mojaroda iştirok etgani ham yordam bergan, buning oqibatida guruhdagi köp narsa foş bölgan. Kuzatuv uçun texnik imkoniyatlar rivojlanişi ham yana bir omil böldi — natijada qariyb yigirma yil davomida Isroil razvedkasi katta hajmdagi ma’lumotlarni yiğdi va «Hizbulloh» a’zolarining harakatlariga oid eng kiçik özgarişlarni ham qayd etiş uçun qayta işlaş algoritmlarini moslaştira oldi. Financial Times manbalariga asoslangan holda Isroil qanday qilib ikki oy içida «Hizbulloh»ning yuqori martabali qömondonlari hamda harakat yetakçisi Hasan Nasrullohni öldiriş böyiça amaliyotni muvaffaqiyatli bajara olgani haqida hikoya qildi.

Isroillik harbiylar Hasan Nasrullohni öldiriş uçun dastlabki uç urinişini 2006 yilda, Ikkinçi Livan uruşi vaqtida amalga oşirgandi, deya hikoya qiladi öşa suiqasdlar tafsilotlaridan xabardor bölgan ikki manba Financial Times bilan suhbatda. Aviazarbalardan biri nişonga borganida «Hizbulloh» yetakçisi bu joyni tark etib ulgurgandi. Yana ikki holatda esa taşlangan bombalar Nasrulloh yaşiringan yerosti bunkerining beton istehkomini buzib öta olmaydi.

FT şundan keyin Isroil razvedkasida «keng kölamli qayta yönaltiriş» bölib ötadi. Razvedkaning sobiq katta zobiti Miri Eysinning sözlariga köra, «Hizbulloh»ga uning siyosiy ambitsiyalari va Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan ösib borayotgan aloqalari, şuningdek Hasan Nasrulloh Suriya prezidenti Başar Asad bilan yaqinlaşuvini hisobga olgan holda kengroq rakursdan qaray boşlaşadi. Bundan taşqari, AMAN harbiy razvedka boşqarmasi hamda uning 8200 radiotexnik razvedka bölinmasi Isroil şimoliy çegaralari yaqinida turgan «Hizbulloh» vakillari töğrisida ulkan hajmdagi ma’lumotlarni yiğişga kirişadi — ularning soni borgan sari ortib borardi.

Isroil razvedkasi faoliyatiga «Hizbulloh» 2012 yilda Suriyadagi mojaroga qöşilgani ham yordam bergan, öşanda guruh jangçilari prezident Başar Asadga qurolli isyonni bostiriş uçun yordamçi kuç sifatida yuborilgandi. «Hizbulloh» «şahidlar plakatlari» şaklida e’lon qilib boradigan nekrologlar ham ma’lumot manbalaridan biriga aylanadi. Ulardan halok bölgan jangçi qaysi şaharda yaşaganini aniqlaş va repost qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orqali uning atrofidagilar kimlar ekanini biliş mumkin edi. Şuningdek, dafn marosimlari ham ma’lumot manbayi böladi, FT yozişiça, odatda soya ostida böladigan yuqori martabali mulozimlar bunday marosimlardan ayrimlarida köriniş berardi. Natijada Isroil razvedkasida «Hizbulloh» içidagi kuçlar muvozanati böyiça nisbatan töliq kartina şakllanadi: amaliyotlar ötkazişlarga kimlar mas’ul ekani, kimning lavozimi kötarilgani, kim endi safardan qaytgani va hokazolar töğrisida.