Litva hukumati Belarus hukumati tomonidan öz fuqarolariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi materiallarni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuraturasiga yubordi. Bu haqda Belarus muxolifatining telegram kanali xabar berdi.
«Tegişli jinoyatlar Belarus hududida ham, Rim statutiga a’zo davlatlar hududida ham sodir etilganligi sababli, Xalqaro jinoiy sud potensial yurisdiksiyaga ega», deyiladi bayonotda.
Materiallar Belarusning «Narodnoye antikrizisnoye upravleniye» (NAU) mutaxassislari tomonidan töplangan va Litva hukumatiga topşirilgan. Litva tomoni taqdim etilgan hujjatlarni örganib çiqib, Aleksandr Lukaşenko va Belarus harbiy-siyosiy rahbariyatining boşqa vakillari insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etayotganiga işoniş uçun yetarli asoslar bor degan xulosaga keldi.
«Litva Rim statuti böyiça öz huquqidan foydalangan va Belarusdagi rejim tomonidan sodir etilgan insoniyatga qarşi jinoyatlarni tergov qiliş uçun Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilgan birinçi davlat böldi. Biz Litva hukumatidan prinsipial qarori va xatti-harakatlari uçun minnatdormiz», dedi Belarusning muxolifatdagi Vazirlar Mahkamasi rahbari Svetlana Tixanovskaya.
«[Lukaşenko] rejimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, majburan deportatsiya qilişdan tortib, noqonuniy hibsga oliş va qiynoqlargaça jazosiz qolişi mumkin emas. <...> Belarus demokratik kuçlari tomonidan töplangan dalillar şubhasizdir», dedi Tixanovskaya.
Litva Aleksandr Lukaşenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olmaydi. Litva Belarusning saylangan prezidenti deb hisoblaydigan Svetlana Tixanovskayaning ofisi Vilnyusda joylaşgan.












