Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (YaLDP) yangi raisi Şigeru Işiba muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkaziş niyatida. «Yangi hukumat imkon qadar tezroq xalq hukmini eşitişi muhim», dedi Işiba 30 sentabr, duşanba kuni. Navbatdan taşqari saylovlar rejalaştirilganidan bir yil oldin, 27 oktyabrda bölib ötişi kerak.
67 yoşli Şigeru Işiba 27 sentabr kuni YaLDP rahbari etib saylangan edi. Ovoz beriş ikki turda bölib ötdi, çunki dastlab töqqiz nomzodning heç biri köpçilik ovoz töplay olmagan. Işiba 1 oktyabrda parlament tomonidan tasdiqlangaç, mamlakatning yangi boş vaziri bölişi kutilmoqda.
U YaLDP raisi etib saylanganidan beri Tokio fond birjasida Nikkei fond indeksi tört foizga tuşib ketdi, çunki siyosatçi inflatsiyaga qarşi kuraşiş uçun qat’iy pul-kredit siyosati va foiz stavkalarini oşiriş tarafdori sifatida köriladi.












