Andijon şahrida joylaşgan korxonada yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 10 sentabr kuni soat 23:58 da viloyat FVBga Andijon şahrida joylaşgan Uz Koram Ko MÇJda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.
Yonğin qutqariş ekipaji soat 00:06 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 00:55 da yonğin batamom öçirilgan.
Yonğin oqibatida MÇJning şamollatiş ventelyatsiya şaxtasida 90 metr kvadrat maydonda böyoq qoldiqlari yonib zararlangan.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim vafot etmagan va jarohat olmagan. Hozirda yonğin sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Keça, 10 sentabr kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan böyoq işlab çiqariş korxonasida ham yonğin yuz bergandi. Öt öçiruvçilar uni 4,5 soatda öçirişgan.












