Özbekistonda bu yil oktyabr iliq ob-havo bilan boşlanadi, deya xabar bermoqda Özgidromet xizmati agentligi.

Iqlimiy xususiyatlarga köra, oktyabr oyida örtaça oylik havo harorati sentabr oyiga nisbatan 6–7 darajaga, respublika şimolida 8–9 darajaga past böladi. Hududning katta qismida oyning birinçi yarmida harorat keçalari +8…+11 darajani, ikkinçi yarmida esa +2…+7 darajani taşkil etadi.

Kunduzgi harorat odatda +23…+28 darajadan (eng iliq davrlarda +33…+35 daraja qiymatlariga yetadi) +10…+15 darajagaça özgarib turadi.

«Albatta, har yili tabiat ob-havo şaroitlariga öz tuzatişlarini kiritadi va ba’zida haqiqiy harorat örtaça köp yillik qiymatlardan (iqlim me’yori) sezilarli darajada farq qiladi. Şunday qilib, oktyabr oyida, ayniqsa, oyning ikkinçi yarmida, ba’zida birinçi kuzgi sovuqlar kuzatiladi», deyiladi hisobotda.

Meteorologik kuzatuvlarning 150 yildan ortiq tarixi davomida harorat keçalari –6…–11 darajagaça, şimolda –10…–15 darajagaça, Ustyurtda –22 darajagaça pasaygan yillar kuzatilgan. Toşkentda oktyabr oyida minimal harorat rekordi –11,2 darajani taşkil etgan, u 1909 yilda qayd etilgan edi.

Bunday past havo harorati faqat ötgan asrda kuzatilgan. Uşbu asrda oktyabr oyidagi harorat 2–4 daraja sovuqdan pastga tuşmadi. Faqat respublikaning şimolida 2014 va 2016 yillarda havo harorati –6…–11 daraja sovuqqaça pasaydi, Ustyurtda –15 daraja sovuq böldi.

Minimal harorat rekordlaridan farqli, Özbekistonning bir qator hududlarida maksimal harorat rekordlari şu asrda örnatildi.

Respublika hududining katta qismida meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun oktyabr oyidagi eng yuqori harorat körsatkiçlari +37…+38 darajani, şimolda va Farğona vodiysida +32…+35 darajani taşkil etdi.

Iqlim me’yoriga köra, Özbekiston hududining katta qismida oktyabr oyida 4 kundan 6 kungaça, toğlarga yaqinroq 7–9 kungaça, respublikaning eng çekka janubida 1 kundan 3 kungaça yomğir yoğadi. Juda keskin sovuq davrlarda kamdan kam holatlar (har 8–10 yilda bir marta) yomğir qisqa muddatga qorga aylaniş kuzatilgan.

Ba’zi yillarda oyiga yoğingarçilik bölgan kunlar soni 2–3 kundan oşmaydi va juda kamdan kam hollarda qator hududlarda yoğingarçilik umuman kuzatilmagan oktyabr oylari ham kuzatilgan.