2024 yil sentabr oyida Qirğiziston bozorlarida göşt narxining keskin kötarilişi iste’molçilarni ham, davlat idoralarini ham xavotirga soldi, deb xabar berdi «Akçabar».

Qirğiziston Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, mol göşti narxi 2024 yil avgust-sentabr oylarida sezilarli darajada oşgan. Avgust oyida mol göştining örtaça narxi bir kilogramm uçun 570,23 qirğiz sömi bölgan, sentabr oyida bu körsatkiç 608,77 qirğiz sömiga yetgan.

Qirğiziston Monopoliyaga qarşi xizmati narxlarning oşişiga sentabr oyidagi töy mavsumi va ozuqa yetişmovçiligi sabab bölgani haqida xabar bergan. Biroq, keyinçalik Özbekistonga va undan keyin Tojikistonga göşt eksportining sezilarli darajada oşgani asosiy omil bölgan.

«Hozir katta hajmdagi göşt Özbekistonga, u orqali Tojikistonga ketmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi bunga javoban respublikadan göşt olib çiqişni vaqtinçalik taqiqlaşni taklif qildi», dedi Monopoliyaga qarşi xizmat vakili Sirğak Omorov.

Ta’kidlanişiça, ötgan haftada göşt eksportiga qöyilgan vaqtinçalik taqiq bekor qilingan. Qişloq xöjaligi vazirligi va Monopoliyaga qarşi xizmatning birgalikdagi faoliyati tufayli narxlar pasaygan.

«Endi narx barqarorlaşdi, şuning uçun davlat tomonidan tartibga solişni joriy qilişning hojati yöq. Vaziyat özgarsa, Iqtisodiyot vazirligiga tegişli taklif kiritamiz va tegişli qaror qabul qilinadi», deyiladi xizmat xabarida.

Göşt narxining asossiz oşib ketişiga duç kelgan fuqarolarga Monopoliyaga qarşi xizmatning hududiy bölinmalariga murojaat qiliş tavsiya etilmoqda.