Namangan viloyati sudi raisi örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Abdurahmon Safayev Namangan şahri Alişer Navoiy köçasida joylaşgan köpqavatli uylardan biridagi özganing egaligida bölgan xonadonni soxta hujjatlar bilan öz nomiga rasmiylaştirib, boşqa bir odamga sotib yuborgani aytilmoqda. Uşbu holatni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.
Kun.uz muxbiri uyning haqiqiy egasi bölgan fuqaro bilan gaplaşdi. Uning bildirişiça, kvartirada doimiy heç kim yaşamagan.
“Bu ehtiyojimizdan ortiqça bölgan uy edi. Doimiy yaşamasak-da, yölimiz tuşganida bir kun-yarim kun turib ketardik. Usta tuşirib, ta’mirlayotgandik, boşqa odam “dokument” kötarib keldi. Şunda bilib qoldik. Uşbu işga aralaşgan insonlarning hammasi javobgarlikka tortilyapti”, deydi uy egasi.
Sudyalar Oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz söroviga javoban Abdurahmon Safayevga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilganini bildirdi.
“Namangan viloyat sudi raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi A.Safayevning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazildi. Xizmat tekşiruvi xulosasi muhokama qilinib, tegişli qaror qabul qiliş uçun Sudyalar oliy malaka hay’atiga yuborilgan”, deyiladi kengaş izohida.
Mahkama matbuot kotibi xizmat tekşiruvida şikoyatçining vajlari tasdiğini topgani yoki topmaganiga aniqlik kiritmadi.
Kun.uz manbasiga köra, Abdurahmon Safayev böyiça xizmat tekşiruvi xulosasi hali muhokama qilinmagan. Bunga asos sifatida u mehnat ta’tilida ekani körsatilmoqda.
Sud raisi örinbosari aynan qanday hujjatlarni soxtalaştirgani hamda bu işga yana kimlar aralaşgani hozirça ma’lum emas.

















