Xususan, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Ellikqal’a tumani hokimligi va bir qator taşkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 4-5 oktyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqal’a tumanida "Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!" şiori ostida "Sahro sadosi" II Xalqaro yoşlar festivalini ötkazdi. Mazkur festival mamlakatimiz, şu jumladan Qoraqalpoğistonning turistik salohiyatini oşirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.  

Festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qöşni mamlakatlardan turizm böyiça mutaxassislar, ilmiy tadqiqotçilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoşlar qamrab olindi. 

"Sahro sadosi" yoşlar festivalini Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov oçib berdi. Şundan söng festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpoğiston turizmini rivojlantirişga qaratilgan Xalqaro treninglar ötkazildi. 

Undan söng Tuproqqal’a tarixiy majmuasida talaba-yoşlar iştirokida “Yangi Özbekistonning baxtli yoşlarimiz!” mavzusida rasm çiziş körik-tanlovi, Aqçaköl sohilida “Baliqdan 99 xil taom” milliy taomlar tanlovi ötkazildi. Qolaversa, festival doirasida sport musobaqalari, milliy sport öyinlari tadbirlari Aqçaköldagi Amfiteatrda festival konsert dasturlariga ulanib ketdi.