Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyada ishlamoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun venger tili kurslari ochiladi
O‘zbekiston elchixonasida Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Vengriyadagi vakolatxonasi rahbari Daniel Bagameri bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muhokama doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, migrantlar huquqlarini himoya qilish dasturlarini ishlab chiqish, mehnat migrantlarining malakasini oshirish, ularning xorijda xavfsiz va qonuniy bandligini ta’minlash masalalari xususida fikr almashildi.
XMTning Vengriyadagi vakolatxonasi rahbari bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan, shuningdek, mazkur mamlakatga O‘zbekistondan kelgan migrantlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Vengriyada ishlashni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun venger tilini o‘rganish bo‘yicha kurslar tashkil etish taklifi ham ilgari surildi.
Tomonlar mehnat migrantlarining xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash, ularning xorijdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:06 / 18.07.2026
Vengriya Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarini yana blokladi
22:16 / 07.07.2026
Vengriyaning bosh teleradiokompaniyasi «yillar davomidagi yolg‘onlar» uchun uzr so‘radi
21:27 / 05.07.2026
Vengriya prezidenti bosh vazirning talabi bilan iste’foga chiqmasligini aytdi
09:00 / 16.06.2026