Ötgan yilda qabul qilingan “Özbekiston – 2030” strategiyasida tabiiy gaz qazib oliş hajmini yiliga 62 mlrd kubga yetkaziş vazifasi qöyilgandi. Bu – işlab çiqariş hajmi 7 yil içida 33 foizga oşişi kerakligini anglatadi. Lolazor podkastining navbatdagi sonida iqtisodçi Otabek Bakirov energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovga içki qazib çiqarişni oşiriş böyiça rejalar, şuningdek, import yana qançagaça oşirilişi mumkinligi haqida savol berdi.

“Tabiiy gazni iste’molçilarga yetkazib beriş oşib boryapti. Bu tabiiy, çunki iqtisodiyot va aholi soni ösyapti. Bizning 2030 yilgaça qilgan rejamizda tabiiy gaz importi 10-11 mlrd kub metr bölişi közda tutilgan. Sababi yangi konni oçib, uni özlaştirişga 3 yildan 5 yilgaça vaqt ketadi. Öz vaqtida geologiya-qidiruv işlari olib borilmagan. Konlarimizning işdan çiqişi 85 foizga yetdi. E’tibor bersangiz, deyarli barça konlarda siquv kompressor stansiyalari örnatilgan. Hatto eng köp gaz qazib olinadigan Ustyurt hududida ham samaradorlikni oşiriş uçun siqiş kompressor stansiyalari qurilmoqda. Birinçidan, Ustyurtning geologiyasi juda murakkab çiqyapti. Surgil loyihasini amalga oşirişda Amerikaning DeGoler and MacNaughton kompaniyasi kelgan, u zaxiralarni, konni özlaştiriş loyihasini töliq audit qilgan. Hammasi tasdiqlab berilgandan keyin kredit beruvçilar va banklar tomonidan loyihani moliyalaştiriş nazarda tutiladi. Hattoki, DeGoler tomonidan körsatilgan narsalar ham öz tasdiğini topmadi. Sababi kon juda murakkab”, dedi vazir.

Mirzamahmudovning ta’kidlaşiça, Ustyurtdagi geologik işlar natijasiga qaraladi. Agar natijalar yaxşi bölsa, prognoz qilinayotgan 10-11 mlrd kubmetr gaz importi kamayadi, aks holda bu miqdor saqlanib qoladi.

Özbekiston pandemiya davridan boşlab xorijga gaz sotişni keskin kamaytirgan bölsa-da, işlab çiqarişning töxtovsiz qisqarib borişi va içki talabning oşişi tufayli gaz import qilişga muhtojlik yuzaga keldi. Natijada Rossiyaga energetik boğliqlik sezilarli kuçaymoqda. Yil boşidan buyon Özbekistonning gaz importi qiymati milliard dollarga yetgan.