7 oktyabr kuni World Boxing xalqaro taşkiloti prezidenti Boris van der Vorst Özbekiston Milliy olimpiya qömitasiga taşrif buyurdi.
Uçraşuvda uni sport vaziri Adham Ikromov, MOQ boş kotibi Oybek Qosimov, qömita raisi örinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Saken Pölatov hamda MOQ raisi örinbosari Şerzod Toşmatov qarşi olişdi.

Yiğilişda Boris van der Vorst taşkilot faoliyati, uning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Unga köra, bugungi kunga kelib, 49 davlat uşbu xalqaro federatsiyaga a’zo bölib, boks rivoji böyiça kelgusida qator istiqbolli loyihalar rejalaştirilgan.

Suhbat davomida boks böyiça Özbekiston erkaklar terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya öyinlarida 7 ta vazndan 5 tasida oltin medalni qölga kiritgani, bugungi kunda Özbekiston boks olamida jahonda yetakçilardan biri ekani ham tilga olindi. Qolaversa, rasmiylar boksning Los-Anjyeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlari dasturida saqlanib qolişi tarafdori ekanini bildirişdi.
Uçraşuvdan söng taşkilot prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Özbekistonga taşrifi haqida fikr bildirib, mamlakatdan qöllov olganidan xursandligini yozdi.
«Taşkiloti boks olamida ustunlikka ega Özbekiston tomonidan kuçli qöllov olganimizdan xursandman», deb qöşimça qildi Boris van der Vorst.














