Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölsa, ayni paytda soliq imtiyozlaridan foydalanib kelayotgan yirik korxonalarga 2-3 yillik ötiş davri beriladi. Bu haqda Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.
«Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölgandan keyin importda ham, içki bozorda ham QQS bir xil bölişi va soliq imtiyozlari bölmasligi kerak. Agar importda QQS bölsa, içki bozorda imtiyoz bölmasligi şart, ya’ni QQS tölanişi kerak. Bu birinçi talab. Aksiz soliği bilan ham xuddi şunday - import va içki bozor stavkalari bir xil bölişi kerak. Şuningdek, bojxona bojlari ham a’zo mamlakatlar bilan kelişilgan holda birxillaştirilişi lozim. Asosan, mana şu 3 ta talab bor», dedi Soliq qömitasi raisi örinbosari.
Mubin Mirzayevning ta’kidlaşiça, bu kiçik biznes uçun yaxşi, çunki teng şaroit yaratiladi, ammo soliq imtiyozlari bekor qilinişi tufayli yirik kompaniyalarga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
«Soliq imtiyozlarining bekor qilinişi 2-3 yilda bosqiçma bosqiç töğrilanib boriladi. Bu işlab çiqaruvçi korxonalarga katta ta’sir körsatmasligi kerak. Çunki u yerda ham işçilar işlaydi, moliyaviy holati oğirlaşmasligi lozim. Şuning uçun 2-3 yillik reja işlab çiqilgan», dedi u.
Soliq qömitasi rasmiysining qöşimça qilişiça, JSTga a’zo böliş Özbekiston mahsulotlarining raqobatbardoşligini ta’minlaydi. Çunki boşqa davlatlar ham Özbekistonning eksport tovarlariga nisbatan yuqori bojxona bojlarini örnatgan. Bu esa ularning çet elda sotiş imkoniyatlarini çegaralaydi.
Avvalroq, Özbekiston JSTga kiriş doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunlagani, ulardan 14 tasi bilan bozorga kiriş böyiça muzokaralarni yakunlaş töğrisidagi protokollar imzolangani xabar qilingandi.
Özbekistonning JSTga a’zo böliş sari qadamlari
Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni 2005 yilda töxtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon işçi guruhning 4-uçraşuvi bilan rasman qayta boşlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va 2023 yil noyabr oylarida, şuningdek, 2024 yil may oyida işçi guruh yiğilişlari bölib ötdi. Şu bilan jami Özbekiston taşkilotga a’zo böliş böyiça 8 ta yiğiliş ötkazdi.
May oyidagi yiğilişda Özbekistonda ilk bor taşkilotga a’zo böliş muddati borasidagi maqsadini e’lon qildi. 2026 yil Özbekiston Jahon savdo taşkilotining 2026 yil Kamerunda bölib ötadigan vazirlar konferensiyasiga qadar uşbu taşkilotga a’zo bölib kirişni

















