Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ittifoqçi davlatlar rahbarlari bilan öt oçişni töxtatiş masalasini muhokama qilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan qöşma brifingda ta’kidladi.

«Ittifoqçilar bilan har qanday öt oçişni töxtatiş — bizning muhokama mavzumiz emas va bu haqida gapirmadik. OAVda bugun xuddiki men öt oçişni töxtatiş maqsadida gaplaşiş uçun kelganim haqida ma’lumotlar tarqaldi. Yöq, yöq, bu haqiqat emas», — deydi Zelenskiy.

U OAVdagi aynan qaysi xabarlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Aftidan, Ukraina rpezidenti Italiyaning Corriere della Sera gazetasida çop etilgan material haqida gapirgan. Unda aytilişiça, Zelenskiy hozirgi front çiziğida jangovar harakatlarni töxtatişga tayyor. Naşr versiyasida köra, Ukraina prezidenti buni «Ğarbning ma’lum majburiyatlari» hisobiga amalga oşirişi mumkin. Talablar orasida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişini tezlaştiriş va AQŞ tomonidan xavfsizlik kafolatining taqdim etilişi ham bor.

Ukraina prezidentining kommunikatsiya böyiça maslahatçisi Dmitriy Litvin Italiya gazetasida tarqatilgan ma’lumotni «haqiqatga töğri kelmaydi», deb atadi. Uning sözlariga köra, Ukraina pozitsiyasi «Tinçlik forumi»da qöyilgan masalalarga boğliq.

10 oktyabr kuni Zelenskiy London va Parijga taşrif buyurib, Britaniya boş vaziri Kir Starmer, NATO boş kotibi Mark Ryutte va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşuvlar ötkazdi. Tadbirlar davomida u özining «ğalaba rejasini» taqdim etgan.

The Times ma’lumotlariga köra, Zelenskiyning rejasi quyidagiça: Ğarb tomonidan xavfsizlik kafolatlari töğrisida sörov, NATOga qöşilişdagi özaro mudofaa pakti, Ukraina iqtisodiyotini qayta tiklaşni xalqaro moliyalaştiriş.

Zelenskiyning «Ğalaba rejasi»

Zelenskiyning «ğalaba rejasi» asosiy bandlaridan biri Ukraina uçun NATOga qöşiliş paytida özaro mudofaa şartnomasiga öxşaş xavfsizlik kafolatlarini öz içiga oladi. Ammo Bloomberg suhbatdoşlaridan biri ta’kidlaganidek, işonçli ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari, ayniqsa Qöşma Ştatlardan, aslida Ukrainaning alyansga a’zo bölişini anglatadi. Rossiya Ukrainaning NATOga a’zo bölişini imkonsiz deb hisoblagani uçun barça tomonlarni muzokaralar stoliga qanday formula olib kelişi noma’lum, deydi manba.

Rasmiy ravişda Ukraina Zelenskiy taklif qilgan «tinçlik formulasi»ni amalga oşirişni talab qilmoqda, bu 1991 yilgi çegaralarga qaytiş va rus qöşinlarini bosib olingan hududlardan olib çiqib ketilişini öz içiga oladi.