Norvegiya hukumati turli tahdidlar kuçaygani sababli içki çegara nazoratini joriy etişga qaror qildi. Bu haqda mamlakat politsiya xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qirollik hukumati Yaqin Şarqda davom etayotgan eskalatsiya sabab yuzaga kelgan tahdid fonida terrorçilik xavfini «yuqori» darajaga kötargan.
«Norvegiya politsiya boşqarmasi vaqtinçalik içki çegara nazoratini örnatiş böyiça qaror qabul qildi. Bunga murakkab tahdid kartinasi va terrorçilik xavfi darajasi kötarilgani sabab böldi», — deyiladi idora xabarida.
Ta’kidlanişiça, vaqtinçalik çegara nazorati kamida 22 oktyabrga qadar amalda böladi.
Nazorat davomida politsiya asosiy e’tiborini ogohlikka va ösib borayotgan tahdid darajasiga boğliq ma’lumotlarni töplaşga qaratadi. Favqulodda vaziyatlarda şaylikni ta’minlaş direktori Tune Vangenning sözlariga köra, uşbu çora-tadbirlar yölovçilarning ham ma’lumotlarini töplaş imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan oldin Norvegiya barça ukrainaliklarga avtomatik ravişda boşpana berişni töxtatişini e’lon qilgandi. Endi Ukrainaning ğarbiy oblastlaridan kelgan qoçqinlarning arizalari alohida körib çiqiladi. Mamlakat allaqaçon 85 mingga yaqin ukrainalikni qabul qilgan.
Sentyabr oxirlarida Norvegiya hukumati Rossiya bilan çegaraga panjara quriş haqida öylayotgani töğrisida xabar berilgan edi. Mamlakat hukumati «qisqa muddat içida» çegarani yopişga tayyor — bu noqonuniy migratsiyaning oldini olişga xizmat qilişi aytilgan.








