Özbekiston Markaziy banki 15 oktyabrdan boşlab özbek sömining AQŞ dollariga nisbatan rasmiy kursini 12 803,05 söm deb belgiladi. Bu – bir kun oldingidan 22,91 sömga yuqori. Şu bilan birga, rasmiy kurs ilk marta 12 800 sömlik psixologik nuqtadan ötdi.
Ayirboşlaş şoxobçalaridagi kurs bu nuqtadan bir neça hafta avval ötgandi. 14 oktyabr, duşanba kuni aksariyat banklarda Amerika valutasining xarid kursi 12 720 – 12 750 söm oraliğida, sotiş kursi esa 12 810 – 12 840 sömni taşkil etdi.
Sönggi kunlarda valuta birjasida dollar savdosi hajmi oşganini kuzatiş mumkin. Oxirgi 10 savdo kunida (30 sentabrdan 14 oktyabrgaça) jami 1,88 mlrd dollarlik oldi-sotdi bitimlari tuzilgan bölib, bu – avvalgi 10 savdo kuni (16–27 sentabr, 1,14 mlrd dollar)ga nisbatan 64 foizga yuqori.
Özbek sömi AQŞ dollariga nisbatan yil boşidan buyon (2024 yilning ilk iş kunida kurs 12 338,77 söm edi) sömga nisbatan 3,76 foizga mustahkamlandi.
Rasmiy kurs aprel oyida 12 700 sömdan oşgandi. Ma’lumot uçun, Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning sömga nisbatan rasmiy kursi Özbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boşqa hisobot maqsadlari uçun, şuningdek bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun işlatiladi.
Avvalroq regulyator e’lon qilgan sörovlardan aholi va tadbirkorlarning valuta kursi özgarişidan xavotirlari kuçaygani ma’lum bölgandi.












