O‘zbekiston | 13:00 / 15.10.2024
628
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Bruney konsullik maslahatlashuvlari o‘tkazadi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Bruneyning Malayziyadagi elchisi Mahmud Saidin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, oliy ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikning rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bruneydan Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashrif buyurayotgan turistlar soni oshib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, davlat oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillarining uchrashuv, o‘zaro tashriflarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida yuqoridagi masalalar bo‘yicha hamda ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro kelib-ketish rejimida qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston va Bruney Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid