Iran Air aviakompaniyasi YeI sanksiyalariga uçraganidan keyin Yevropaga parvozlarini töxtatdi. Bu haqda Eron aviakompaniyalari assotsiatsiyasi raisi Maqsud Assadi Somoniga ma’lum qildi.
Euronewsʼga köra, çeklovlar joriy etilganidan bir neça soat ötib yölovçilar Tehrondagi aeroport nomidan Yevropaga uçadigan reyslar bekor qilingani töğrisida SMSlarni olgan. Aeroport vakillari bilan boğlangan yölovçilarga bu sanksiyalar bilan boğliq ekani aytilgan.
Yevropa Ittifoqi 14 oktyabr kuni Iran Air va yana ikki aviataşuvçi Mahan Air hamda Saha Airlines’ga qarşi çeklovlarni joriy etdi. Bundan taşqari, yana törtta yuridik va yettita jismoniy şaxs sanksiyaga tuşgan. Çeklovlarning joriy etilişiga Bryussel ularni Rossiya harbiy-sanoat majmualari uçun möljallangan mahsulotlarni yetkazişda gumonlagani sabab bölgan. Sanksiyalar, şuningdek, Buyuk Britaniya tomonidan ham qöllangan.
Eron TIV rahbari Abbos Aragçi sentabr oyida Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berilayotgani haqidagi xabarlarni yolğon deb atagandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Moskva Tehrondan raketalarni olmaganini bildirgan.
Somonining sözlariga köra, Eron aviakompaniyalari orasida faqat Iran Air Yevropaga reyslarni amalga oşira oladi, çunki uning parkidagi samolyotlargina parvoz talablariga javob beradi — Eronga qarşi sanksiyalar tufayli mamlakatdagi havo kemalari yonilği borasida muammolarga duç kelmoqda.












