
Özbekiston hukumati kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilişini moliyalaştiriş böyiça xorijiy va mahalliy banklar bilan muzokaralar olib boryapti. Bu haqda AES quriş direksiyasi direktori Otabek Omonovga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.
“Yevropa, Rossiya banklari ham, mahalliy banklar ham bor. Çunki infratuzilmaning ayrim qismlari mahalliy pudratçilar tomonidan quriladi… Banklarning takliflari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelişiladi”, – degan u.
AES direksiyasi boşliğining ma’lum qilişiça, Özbekiston “Rosatom” bilan şartnoma strategiyasi doirasida bir neçta şartnomalar tuzgan: atom elektr stansiyasini quriş, kadrlar tayyorlaş, AES uçun yoqilği olib kiriş, stansiyani ekspluatatsiya qiliş va yadroviy çiqindilarni olib çiqiş böyiça şartnomalar.
“Oxirgi kelişuvga, ya’ni işlatilgan yadro yoqilğisini olib çiqişga köplab xorijiy kompaniyalar rozi emas. Biz “Rosatom” bilan işlatilgan yadro yoqilğisi Rossiyaga olib çiqilişi, u yerda qayta işlanişi va ba’zi zarur komponentlar Özbekistonga qaytarilişi haqida kelişib oldik”, – degan u.
Yadro yoqilğisi uçun Rossiyada boyitiladigan mahalliy urandan foydalaniş rejalaştirilgan.
“19 foiz yoki 20 foizgaça boyitilgan uran-235 oksidi işlatiladi. Mana bu yoqilği import qilinadi, lekin bir jihati bor. U mahalliy özbek uranining qayta işlangan xomaşyosi asosida işlab çiqariladi. Ya’ni özbek urani çetga çiqariladi, tayyorlanadi, yoqilği işlab çiqariladi va qaytarib olib kelinadi. Mahalliy uran borligi sababli yoqilği narxi ança arzon böladi, deb umid qilamiz”, – degan Otabek Omonov.
Uning sözlariga köra, stansiya davlatga tegişli böladi.
“Uşbu stansiya töliq Özbekiston Respublikasining mulki böladi. Stansiya operator – mahalliy kompaniya tomonidan boşqariladi, ya’ni hozirda direksiyaga operator vakolatlari berilgan. Ya’ni, tegişli foydalaniş litsenziyasiga ega bölgan davlat operator kompaniyasi tomonidan boşqariladi”, – degan AES qurilişi rahbari.













