“Temir gumbaz”ni yorib öta olişini körsatgan Eronning hujumiga Isroil javob qaytarişni va’da qilmoqda. Bu javobga Tehronning munosabati qanday böladi? Arab davlatlarining-çi? Erondagi ehtimoliy notinçlik Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi? Kun.uz muxbiri şu kabi savollar bilan turkiyalik etnik özbek tahlilçi, Eronni örganiş instituti eksperti Rahim Farzom bilan suhbatlaşdi.

Eron hozirgaça ikki marta Isroilga raketalar bilan hujum qildi. Tel-Aviv oktyabr oyi boşidagi zarba uçun javob hujumi, albatta, bölişini takrorlamoqda. Tehron rasmiylariga köra, agar Isroil javob qaytarsa, Eron yanada kattaroq zarba berişga majbur böladi. Bu özaro zarba almaşişlar esa uruşga aylanişi mumkin.

1 oktyabrdagi hujumda Tehron “Hizbulloh” rahbari – Hasan Nasrulloh, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya hamda Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi qömondoni ölimi uçun qasos oldi. Uçirilgan ballestik raketalarning 40 foizi nişonga tekkani aytiladi. Ya’ni bu gal apreldagi hujumdan farqli ölaroq “Temir gumbaz”ning samarasi pastroq bölgan.

Rahim Farzomga köra, Isroilning bu hujumga javob qaytarişi aniq. Ayni paytda Tel-Aviv ittifoqçilari bilan Erondagi qaysi obektga zarba beriş masalasini muhokama qilmoqda. Eron esa siyosiy kanallar va AQŞ orqali Isroilga javob hujumi yengilroq bölsa, Tehron katta zarbalardan özini tiyişini bildirgani haqida xabarlar bor. Lekin Isroil Eronning strategik obektlarini nişonga olsa va bu davlat tinçligi, xavfsizligi hamda iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazsa, xalqning özi Eron rahbariyatini siquvga oladi, deydi Farzom.

“Eronning maqsadi aslida Isroilga ziyon yetkiziş emas, balki u işongan “Temir gumbaz”ni yorib ötişni uddalaşini körsatiş edi”, – deya qöşimça qiladi ekspert.

Isroil nişonga olişi mumkin bölgan obektlar yadroviy inşootlar va neft bazalari bölişi mumkin. Har ikkala holatda ham Eron jiddiy zarar köradi. Rahim Farzomning qayd etişiça, agarda yadroviy inşootlar hujumga uçrasa, bu atrofdagi davlatlar, qöşni mintaqalar uçun ham jiddiy xavf yaratişi mumkin: atrofga radiatsiya tarqaladi.

AQŞ rasmiylariga köra, Vaşington uçun Eron – Xitoy va Rossiyadan ham oldingi örinda turuvçi duşman. Biroq turkiyalik tahlilçining aytişiça, Eronning mavjudligi va oliy rahnamo rejimi AQŞ manfaatlariga ham xizmat qilmoqda. Masalan, mintaqadagi arab va musulmon davlatlar Eron kuçayib borayotganidan xavotirda va bu ularning AQŞga yaqinlaşişiga turtki bölmoqda. Şunday şaroitda ayrim arab davlatlari Isroilning Eronga hujumidan manfaatdor bölişi ham mumkin, deydi u.