Jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşuvçi hukumatlararo taşkilot — The Financial Action Task Force (FATF) Rossiyani qora röyxatga kiritiş imkoniyatini körib çiqadi. Bu haqda 15 oktyabr, seşanba kuni Politico internet naşri tahririyat ixtiyoridagi maxfiy hujjatlarga tayanib xabar berdi.

Aniqlik kiritilişiça, Ukraina Rossiyani FATF qora röyxatiga kiritmoqçi. «Parijda joylaşgan taşkilot mamlakatlarni pul yuviş, terrorizmni moliyalaştiriş va yadroviy, kimyoviy yoki biologik qurollarning tarqalişiga qarşi kuraşiş majburiyatlari böyiça muntazam ravişda baholaydi, - deb eslatadi Politico. - FATF tomonidan qora röyxat yoki kulrang röyxatga kiritiliş mamlakatning moliyaviy obrösiga jiddiy putur yetkazadi va köpçilik davlatlar tomonidan iqtisodiy falokat yöli sifatida köriladi».

Xususan, FATF qora röyxatiga qöşiliş xalqaro bank tizimidan haqiqiy çetlaşiş xavfini tuğdiradi.

Yevropa kengaşi: RF Ukrainadagi madaniy merosni yöq qilmoqda

Strasburgdagi Yevropa kengaşi Rossiya uruşi davrida Ukrainadagi madaniy merosning yöq qilinişini xalqaro gumanitar huquqning buzilişi deb atadi. Mahalliy va mintaqaviy hokimiyatlar kongressi 15 oktyabr kuni Ukrainadagi madaniy meros yöq qilinayotgani töğrisidagi deklaratsiyani qabul qildi, deb xabar berdi kengaş.

Kongress yana uruşni qoraladi va Ukrainaning «xalqaro tan olingan çegaralari doirasidagi mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikka sodiqligini» yana bir bor tasdiqladi.

Kongress Rossiya Federatsiyasi keng miqyosli hujumi boşlanganidan beri mingdan ortiq madaniy obektlar buzilgani yoki yöq qilinganligini ta’kidladi. Deklaratsiya mualliflari «madaniy obidalarga hujumlar va ularni talon-toroj qiliş» Ukrainaning tarixiy va madaniy öziga xosligini yöq qilişga qaratilgan tizimli siyosatning bir qismi sifatida röy berayotganiga işonç bildirişdi. Bu, hujjatni işlab çiquvçilarga köra, «genotsid niyatlariga töğri keladi».