Toşkent viloyatida FVB qutqaruvçilari hojatxonaga tuşib ketgan qizçani qutqarib qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinişiça, FVBga bugun, 17 oktyabr kuni soat 11:44 da Oqqörğon tumani Birlik mahallasida joylaşgan nonvoyxona hovlisidagi hojatxonaga 2023 yilda tuğilgan qizça ehtiyotsizlik va nazoratdan çetda qolgani sababli tuşib ketgani haqida xabar tuşgan.  

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvçilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona çuqurligidan qizçani soğ-salomat olib çiqib, uning hayotini saqlab qolgan. 

Qayd etilişiça, qizçaga malakali tibbiy yordam körsatiş maqsadida u şifoxonaga olib borilib, tibbiy körikdan ötkazilgan.