Yahyo Sinvar ölimidan keyin falastinliklarning Hamas harakati rahbarligini Xolid Maşal öziga qabul qildi, deb xabar bermoqda Livandagi LBCI telekanali.
Naşr manbalariga köra, harakat rahbari vazifasini bajaruvçi rolida Maşal Isroil bilan muzokaralardagi muhim tomonlar bilan aloqalarga mas’ul böladi.
Hamas rahbariyati allaqaçon muzokaralardagi vositaçilar bölmiş Turkiya, Qatar hamda Misrni Yahyo Sinvarning ölimidan xabardor qilgani aytilgan. Şu bilan birga, Hamasdagilar uning ölimi tufayli asirlarni almaşiş va Ğazo sektoridagi uruşni töxtatiş böyiça muzokaralar «yanada murakkablaşişi va çalkaşişi»ni qayd etişgan.
Isroil mudofaa armiyasi 16 oktyabr kuni Ğazo sektorida Yahyo Sinvar va yana ikki falastinlik öldirilganini xabar qildi. Sinvar Hamasning 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil hududiga amalga oşirgan hujumining asosiy taşkilotçisi va mafkuraçisi hisoblangan. U 2017 yildan Hamasning Ğazo sektoridagi bölimi rahbari bölgan, 2024 yil avgustida — Ismoil Haniya Tehronda öldirilganidan keyin uning örniga Hamas siyosiy byurosi rahbariga aylangandi.
Xolid Maşal 1996 yildan 2017 yilgaça Hamas siyosiy byurosiga rahbarlik qilgan. Saylovlarda Haniyaga yutqazganidan keyin u Quvayt, Iordaniya va Suriya kabi mamlakatlarda yaşaydi. 1998 yilda Isroil maxsus xizmatlari Iordaniyada Maşalni zaharlaşgandi va u koma holatiga tuşib qolgandi. Öşanda Isroil Iordaniya bilan diplomatik kelişuv doirasida ziddi zahar bergan. Sönggi yillarda Maşal Qatarda yaşab kelmoqda va Hamasning Falastin muxtoriyati hududlaridan taşqaridagi yetakçilaridan biri sanaladi.













