Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) 16 oktyabr kuni Hamas taşkilotining Ğazo sektoridagi yetakçisi Yahyo Sinvar öldirilgani haqidagi bayonoti fonida Germaniya Taşqi işlar vazirligi 17 oktyabr, payşanba kuni keçqurun yana bir bor öt oçişni töxtatiş va falastinlik jangçilar qölida qolgan barça garovga olinganlarni ozod qilişga çaqirdi.
Sinvar «Isroilni va uning xalqini yöq qilişni» istagan «şafqatsiz qotil» edi, deya ta’kidladi Germaniya Taşqi işlar vazirligi X ijtimoiy tarmoğidagi postida. U 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga Hamasning yirik hujumi ortida turgan va şuning uçun «minglab odamlarning ölimiga sabab böldi va butun mintaqa çeksiz azob-uqubatlarga duç keldi», deb ta’kidlanadi postda.
Endi Yahyo Sinvar halok bölganidan söng, «Hamas harakati barça garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilişi va qurollarini topşirişi kerak», deya ma’lum qildi Germaniya Taşqi işlar vazirligi: «Ğazo sektoridagi odamlarning azoblari nihoyat tugaşi kerak».
Ayni paytda, 17 oktyabr kuni Bryusselda bölgan Germaniya kansleri Olaf Şols Yevropa Ittifoqi Kengaşi yiğilişida Ğazo sektorida isroillik garovga olinganlarning ğayriinsoniy şaroitlarda saqlanayotganini yana bir bor eslatib, Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
WP: Hamas Isroilga 11 sentabrdagi kabi hujum qilmoqçi bölgan
Falastinning Hamas harakati jangçilari 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumdan ança oldin Isroilda keng kölamli qator hujumlar va teraktlar uyuştirişni rejalaştirgan, deb yozadi The Washington Post (WP) 12 oktyabr kuni harakatning Ğazo sektoridagi qömondonlik markazlarida isroillik harbiylar tomonidan aniqlangan Hamas rahbariyatining 10 ta maxfiy uçraşuvi bayonnomalariga tayanib.
Önlab sahifalarda Hamasning rejasi batafsil bayon etilgan — u 7 oktyabrdagi hujumdan ança katta. U 2001 yil 11 sentabrda AQŞdagi kabi Tel-Avivda osmonöpar binoga hujum, şuningdek, temiryöllardagi portlaşlarni öz içiga oladi. WP qayd etişiça, jurnalistlar qölga kiritgan 59 sahifalik xat va hujjatlar, Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) ma’lumotlariga köra, Ğazo sektoriga quruqlikdan bostirib kiriş boşlanganidan beri topilgan minglab hujjatlarning faqat kiçik bir qismidir.
«Hamas Isroil va yahudiy xalqini yöq qilişga şunçalik qat’iy qaror qildiki, u Eronni töğridan töğri mojaroga tortişga muvaffaq böldi — Eron tayyor bölmagan şartlar asosida», dedi Isroil xavfsizlik xizmati rasmiysi.













