Isroil 1990-yillardan buyon Hamasning har bir yangi rahbarini öldirib keladi, ammo hamişa uning vorisi topiladi

Uning ölimi u Isroil davlatini tarixdagi eng katta mağlubiyatini qabul qilişga majbur qilgan jangovar kuçga aylantirgan taşkilot uçun jiddiy zarbadir. BBC xalqaro bölimi muharriri Jyeremi Bouen Sinvarning ölimidan keyingi holatni tahlil qildi.

U maxsus topşiriqli bölinmaning rejalaştirilgan amaliyoti vaqtida emas, Ğazo janubidagi Rafah şahrida isroillik harbiylar bilan tasodifiy töqnaşuv oqibatida halok bölgan.

Voqea joyida olingan fotosuratlarda Sinvar harbiy libosda, isroilliklar tanki zarbasi vayron qilgan bino xarobalari orasida jonsiz yotganini köriş mumkin.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu askarlarni maqtadi va bu ğalaba qançalik katta bölmasin, hali uruşning yakuni emasligini ta’kidladi.

«Bugun biz yana bir bor bizga zarar yetkazadiganlarga nima bölişini kördik. Bugun biz yana bir bor dunyoga ezgulikning yovuzlik ustidan ğalabasini namoyiş etdik. Ammo, azizlarim, uruş hali yakunlanmadi. Bu qiyin va bizga qimmatga tuşadi», — degan u.

«Biz hali katta sinovlarni yengib ötişimiz kerak böladi. Bizga çidamlilik, birdamlik, mardlik va qat’iyat kerak. Biz birgalikda jang qilamiz va birgalikda — xudoning yordamida — ğalaba qozonamiz».

Netanyahu va Ğazodagi uruşni qöllovçi isroilliklarning köpçiligi bunday ğalabaga muhtoj edi.

Binyamin Netanyahu köp marta uruşning asosiy maqsadi — Hamasni harbiy va siyosiy kuç sifatida yöq qilib, garovdagi isroilliklarni uyga qaytariş ekanini aytgandi.

Uruş bir yildan ortiq davom etayotgani, kamida 42 ming falastinlik halok bölgani va Ğazoning katta qismi xarobaga aylanganiga qaramay, na u va na bu maqsadga erişildi.

Garovga olingan isroilliklar hamon ozod etilgani yöq, Hamas esa jangni davom ettirmoqda va isroillik askarlar halok bölmoqda.

Sinvarning ölimi Isroil istagan ğalaba böldi. Ammo hozirça Netanyahu uruşning boşqa maqsadlariga erişilgani haqida ayta olmaydi, uning özi ta’kidlaganidek, harbiy harakatlar davom etadi.