17 oktyabr kuni Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga bitta X-59 boşqariladigan aviatsion raketani, şuningdek, 56 ta hujumkor dronlar va noma’lum turdagi UUAni uçirdi, deb xabar berdi UQK Havo kuçlari.
Hisobotga köra, front çiziğidagi infratuzilma obektlariga hujumkor uçuvçisiz uçoqlarning 5 ta zarbasi qayd etilgan. Şu bilan birga, Sumi, Kiyev, Poltava, Çernihiv, Jitomir, Mikolayiv, Çerkassk, Odessa va Ternopil oblastlarida duşmanning 22 ta uçuvçisiz uçoği urib tuşirilgan, 27 tasi radioelektron kuraş uskunalari işi natijasida «mahalliy ravişda yöqotigan» va ikkitasi Belarus yönalişi böyiça uçib ketgan.
Rossiya Ukrainaga 130 dan ortiq hujumkor dronlar bilan hujum qildi
16 oktyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina böylab 136 ta dron va ikkita raketani uçirdi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuçlari Telegramʼda. «Duşman Donetsk oblastiga hududning bosib olingan qismidan S-300/400 zenit raketasi bilan, Kursk oblasti havo hududidan Çernihivga X-59 boşqariladigan aviatsion raketasi, şuningdek, 136 ta uçuvçisiz uçoqlar bilan hujum qildi», deyiladi xabarda. Uçiriş holatlari Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oşirildi.
Ukraina Qurolli kuçlari ma’lumotlariga köra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning 14 oblastida 51 ta dronni urib tuşirişga muvaffaq bölgan, radioelektron kuraş tizimlarining işlaşi natijasida yana 60 ta dron Ukrainaning bir qator mintaqalarida «yöqotilgan». Harbiy hisobot e’lon qilingan vaqtda yana 20 ta dron Ukraina havo hududida bölgan va ikkitasi Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketgan.

















