Xalqaro jinoiy sud (XJS) universal ahamiyatga ega emas, çunki na Rossiya, na AQŞ, na Xitoy uni tan olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
Xususan, uning sözlariga köra, XJS qarorini çetlab ötiş juda oson - buning uçun Rossiya va Braziliya örtasida ikki tomonlama şartnoma imzolaş kifoya, keyin esa «XJS orderi böyiça heç qanday muammo bölmaydi».
Şu bilan birga, Putin «sammitni buzmaslik uçun» bu yil Braziliyada bölib ötadigan G20 sammitiga bormasligini aytdi. Bundan taşqari, uning fikriça, G20 «agar siyosiylaştirilmagan bölsa, foydali forum».
Putin aytganidek, Rossiya rasmiylari G20 sammitida öz manfaatlarini kim yuqori darajada himoya qilişini aniqlab oladi.
2023 yil mart oyida XJS Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilganlikda gumonlab, hibsga olişga order bergan edi. Braziliya XJS yurisdiksiyasini tan olgan va bu qarorni bajarişga mas’ul.
2024 yil sentabr oyida Putin Möğulistonga bordi, biroq bu mamlakat Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini qabul qilgan bölsa-da, Rossiya rahbarini hibsga olmadi. Bloomberg ma’lumotlariga köra, Möğuliston Putinga taşrifi çoğida XJS orderi asosida hibsga olinmasligi haqida kafolat bergan.
Keyinroq Haagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Möğuliston nima uçun Putinni hibsga olmaganini tuşuntirişi kerakligini aytdi.












