Sankt-Peterburgning Moskva tumani sudi özbekistonlik Sevinçoy Abdurasulovaga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanladi. Ayol Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Tergov xulosasiga köra, Abdurasulova 15 oktyabr kuni enaga sifatida 2024 yilda tuğilgan bolaga qarayotgan paytida, uni çömiltiriş çoğida qölidan vannaga tuşirib yuborgan. Oqibatda bola boş suyagi sinişi bilan tömtoq boş jarohatini olgan va bolalar şifoxonasida vafot etgan.

17 oktyabrda Abdurasulova hibsga olingan, 18 oktyabrda unga ayblov qöyilgan. U aybini tan olgani ta’kidlanmoqda.

Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sabab böliş jinoyatini nazarda tutadi. Bu ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki ikki yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud ikki yilgaça majburiy mehnat yoxud şu muddatga ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.