Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Lipetsk oblastidagi Lipetsk-2 harbiy aerodromi va Rossiyaning Nijyegorod oblasti Dzerjinsk şahridagi Ya.M.Sverdlov zavodi nişonga olingani haqida xabar berdi. Tegişli ma’lumot 20 oktyabr, yakşanba kuni Boş ştabning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Ukraina harbiylariga köra, Su-34, Su-35 va MiG-31 samolyotlari Lipetsk yaqinidagi aerodromda joylaşgan. Şuningdek, «öq-dorilar omborlari, yonilği-moylaş materiallari va samolyot jihozlarini saqlaş joylari» ham borligi xabar qilingan.

Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi xabariga köra, Sverdlov zavodi «artilleriya öq-dorilari va kuçli portlovçi bombalar uçun kimyoviy moddalar» işlab çiqaradi. Bundan taşqari, Ukraina armiyasi uning hududida boşqariladigan aviabombalar saqlanayotganini da’vo qilmoqda.

«Ikkala obekt hududlarida köplab portlaşlar qayd etilgan, şuningdek, duşmanning havo hujumidan mudofaa kuçlari ham faol işlagan. Zarba natijalariga oydinlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.

RFning bir qança mintaqalari uçuvçisiz uçoqlar hujumiga uçradi

20 oktyabrga ötar keçasi Rossiyaning bir qança hududlari uçuvçisiz uçiş apparatlari tomonidan ommaviy hujumga uçradi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva, Lipetsk va Oryol oblastlari xavf ostida qolgan.

Poytaxt meri Sergey Sobyanin «Moskva tomon uçgan» dron Ramenskoye şahar okrugida urib tuşirilganini aytdi. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, parçalar tuşgan joyda vayronalar va qurbonlar bölmagan», — deb yozdi Sobyanin Telegramʼdagi kanalida.

Rossiyaning boşqa mintaqalari ham dron hujumlariga uçragan. Xususan, Lipetsk oblasti gubernatori Igor Artamonov Lipetsk osmonida «UUA bostirilganini» aytdi. Artamonovning sözlariga köra, uçiş apparati qoldiqlari Sirskiy Rudnikning mikrorayoniga tuşgan. «Mutaxassislar voqea joyida va dronning qolgan qismlarini zararsizlantirmoqda», deb yozgan u.

Orel oblasti gubernatori Andrey Kliçkov ham 19 oktyabr oqşomida yirik uçuvçisiz uçoqlar hujumi haqida xabar berdi. Unga köra, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari mintaqa uzra 11 ta Ukraina dronini yöq qilgan.

Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz 19 oktyabr oqşomida kamida törtta Ukraina dronining «yöq qilingani» haqida xabar berdi.