Argentina hukumati mamlakatda soliq xizmati – Davlat daromadlari böyiça federal idora (AFIP) tugatilib, uning örniga “soddalaştirilgan” Daromadlar va bojxona agentligi taşkil etilişini e’lon qildi.

Yangi agentlik soliq yiğiş va bojxona monitoringi sohasidagi funksiyalarnigina saqlab qoladi. Ştat birliklari soni uçdan bir qismga kamaytiriladi.

Argentina prezidenti ma’muriyatiga köra, AFIP'ni tugatiş “argentinaliklarning iqtisodiy va tijoriy erkinligiga tösiq bölib kelayotgan keraksiz byurokratiyani yöq qiliş uçun” kerak.

Prezident matbuot kotibi Manuel Adornining izohlaşiça, AFIP uzoq yillar davomida siyosiy taşkilot sifatida faoliyat yuritgan va köplab argentinaliklarni “axloqsiz ravişda ta’qib qiliş” bilan şuğullangan.

“Har bir argentinalikka tegişli bölgan narsa faqat uniki, boşqa heç kimga tegişli emas. Heç bir idoraga argentinalikka öz mulki bilan nima qiliş kerakligini aytiş huquqi berilmasligi kerak”, – degan Adorni.

3000 dan ortiq AFIP xodimlari avvalgi hukumat tomonidan “noqonuniy yollangani” uçun işdan böşatiladi. Bu esa yiliga 6,4 milliard peso (taxminan 6,5 mln dollar)ni tejaş imkonini beradi.

2023 yil dekabrdan Argentina prezidenti sifatida Xaver Miley iş boşlagandi. U saylovçilarga davlatning fuqarolar hayotiga aralaşuvini minimal darajaga keltirişga va’da bergan.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Miley quyidagi takliflarni ilgari surgandi:

  • Markaziy bankni tugatiş va milliy valuta peso örniga AQŞ dollaridan foydalanişni boşlaş;
  • davlat xizmatçilari sonini kamaytirib, şu yöl bilan budjet xarajatlarini jiddiy qisqartiriş;
  • mehnat va köçmas mulk bozorini tartibga soluvçi bir qator qonunlarni bekor qiliş;
  • barça davlat kompaniyalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantiriş;
  • energiya, suv va transport uçun subsidiyalarni qisqartiriş.

Avvalroq, mamlakat milliy valutasi – pesoning rasmiy kursi 50 foizdan ortiqroqqa devalvatsiya qilingandi. Şuningdek, Argentina razvedka xizmati tarqatib yuborilib, yangi organ