Intelsat provayderi foydalanib kelgan Boeing kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan sun’iy yöldoş kutilmaganda geostatsionar orbitada parçalanib ketdi. Rasmiy ma’lumotga köra, apparat «butkul yakson bölgan».

Sun’iy yöldoşning parçalanişiga nima sabab bölgani hozirça aniq emas. AQŞ Kosmik kuçlari «apparatning 20 ga yaqin qoldiqlarini kuzatmoqda» — ular bevosita heç qanday tahdid uyğotmayapti. Şu bilan birga, kosmik makonni kuzatiş bilan şuğullanuvçi ExoAnalytic Solutions kompaniyasi sun’iy yöldoşning 57 ta bölagini kuzatayotganini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar hozirça sun’iy yöldoş parçalanişining aniq sababini aniqlamagan bölsa-da, mazkur hodisa sun’iy yöldoşlarning işlaş muddati çeklanganini, şuningdek, doimiy ravişda orbitadagi foydali obektlar bilan kosmik çiqindilar töqnaşuvi xavfi borligini yana bir bor eslatib qöydi. Orbital kartografiya bilan şuğullanuvçi LeoLabs kompaniyasi tadqiqotçilari oktyabr boşida kosmik çiqindilar bilan töqnaşuv muqarrarligidan ogohlantirgan edi.

Oğirligi 6600 kilogramm, ölçami esa minivendek keladigan sun’iy yöldoş Boeing Space Systems kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 2016 yilda uçirilgan edi. U Yevropa, Afrika va Osiyoning bir qismi uçun keng polosali aloqani, jumladan, internet hamda telefon aloqasini ta’minlab kelgan.

IS-33e nomli mazkur apparat Boeing tomonidan EpicNG platformasi doirasida uçirilgan ikkinçi sun’iy yöldoş edi. Birinçisi — IS-29e bölib, yonilği sizib çiqişi oqibatida işdan çiqqandi. Intelsat kompaniyasi mazkur sun’iy yöldoşdan butkul ayrilganini 2019 yil aprelda e’lon qilgan, keyinroq esa buni mikrometeorit urilişi yoki quyoş faolligi bilan izohlagan edi.

Ammo IS-33e’ning parçalanişiga nima sabab bölgani noma’lum. Intelsat vakillarining ta’kidlaşiça, sun’iy yöldoş uçirilganiga sakkiz yil tölganidan keyin u köproq yonilği sarflaşni boşlagan.