Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Elyor Oltiyev Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev xabar bermoqda.

Elyor Oltiyev 2011 yil Toşkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqiçini, 2017 yil Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida boşlagan.

Turli yillarda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasida boş mutaxassis, bölim boşliği, Kogon şahar va Qoraköl tuman tibbiyot birlaşmalari boşliği, şuningdek Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan işlaş böyiça örinbosari, Soğliqni saqlaş vazirligida boşqarma boşliği örinbosari, bölim boşliği kabi qator mas’ul lavozimlarda işlagan.

Tayinlovga qadar Elyor Oltiyev Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan işlaş böyiça örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.

U endilikda Buxoro viloyati SSB rahbarligida 2021 yil iyulidan buyon işlab kelgan Asqar Bahronov örnini egalladi.