“Qöşni davlatdagi turfirmalar xursand” - Umra litsenziyasining yangi şartlari nimalarga olib keladi?
|15:20 / 25.10.202419 90212 min
Umra litsenziyasini oliş uçun 1 mln dollar zaxira qöyiş talabi Saudiya Arabistonidagi hamkorlarimizni ham hayron qoldirdi. Endi qöşni davlatdagi turfirmalar ziyoratçilar oqimi ularga ötişidan xursand bölib ötiribdi, deydi sayyohlik firmasi rahbari Şerzod Sami. Tadbirkorlarga köra, qarorda fuqarolarga qulaylik uçun töğri talablar ham yetarli, lekin şartlarni bajargan hamma firmalarga ham litsenziya berilmasligi va soha yana monopollaşişi mumkin.
2024 yil 12 oktabr kunidagi hukumat qarori bilan turfirmalar uçun Umra ziyorati taşkil etiş uçun yangi litsenziya şartlari e’lon qilindi. Din işlari böyiça qömita tadbirkorlar uçun joriy qilgan maksimal qiyin talablar ortidan tadbirkorlar va jamoatçilik vakillari sohada monopoliyaning qaytişidan xavotirlanmoqda.
Kun.uz muxbiri litsenziyaning yangi şartlari va sohadagi dolzarb masalalarni sayyohlik firmalari rahbarlari Şerzod Sami hamda Farhod Hoşimovlar bilan muhokama qildi.
Intervyuga Din işlari böyiça qömita va Biznes ombudsmandan ham mutaxassislar çaqirilgan edi, lekin ular kelişmadi.
– Hukumat qarori bilan, 2024 yil oktabr oyidan Umra litsenziyasini oliş uçun bir qança qiyin şartlar joriy qilindi. Nima uçun sohada bunday yangi şartlar joriy qilinmoqda?
Şerzod Sami:
– Bularning hammasiga turtki bölib bir qança vaqt avval Umra ziyoratida özbekistonliklar bilan yuz bergan mojarolar va qiyinçiliklar sabab böldi, deb öylayman. Çunki hukumat qarori bilan 2023 yil noyabr oyida litsenziya olgan bölsak, u bir yilga qolmay şu yil oktyabrdan bekor qilindi, holbuki çeklanmagan degan muddatga olgandik öşa litsenziyalarni. Asosiy sabab sifatida Panorama Airways bilan mojaro ortidan 19 mingga yaqin yurtdoşlarimiz Saudiya Arabistonida qolib ketişi turfirmalar uçun katta zarar yetkazdi, deb öylayman.
Farhod Hoşimov:
– Haqiqatan Umra uçun turfirmalarga ruxsat berilganida tadbirkorlarga bir qança yengillik bölgandi. Lekin şunda ham ayrim tadbirkorlar litsenziya olmasdan turib bu faoliyatni yuritişni boşlaşdi. Ba’zi aviakompaniyalar töğridan töğri biletlarni olib turib odamlarni jönatib, odamlar aldanib qolişiga sababçi böldi. Oldingi 345-sonli qarorda Turizm qömitasi vakolatli organ edi. Lekin qömita tadbirkorlarni qöllab-quvvatlamadi. Lisenziya olganlar ham, litsenziyasi yöqlar ham bir xil iş yuritaverdi. Endi şu qaror çiqib turibdi.
Mavzuga oid
– Köpçilik, hatto rasmiylar ham Saudiya Arabistonida sarson bölib, qolib ketgan köplab fuqarolar tufayli litsenziya şartlari oğirlaştirilayotganini aytdi. Lekin aslida bir neçta kompaniya aybi uçun butun sohada qiyinçilik joriy qiliş qançalik töğri?
Şerzod Sami:
Kuni keça şu masalada yiğiliş bölib ötdi. Turizm qömitasida, Diniy işlar böyiça qömita, Transport prokuraturasi va boşqa mas’ullar bilan. Prokuratura rasmiysiga köra, öşa aviakompaniyaga 60 milliard sömdan köproq miqdorda odamlarni aldaş va pullarni özlaştiriş böyiça ayblov e’lon qilingan. Öylaymanki, bunga sabab – bu sohani bilmaslik, tajribasizlik, va yengil, oson pul topiş uçun qilingan harakat. Öşa aviakompaniya bozorga kirib kelganida birinçi harakatlaridan bu köringan edi.
Tajribasizlik va boşqa omillar sabab turistik agentliklar, öşa aviakompaniyaning xizmatidan foydalanib, zarar kördi. 750 dollarlik paketlar ham e’lon qilişdi, kalkulyatorga solib körsangiz bunday miqdorga xizmat körsatişni umuman iloji yöq edi. Oxiri şişirilgan şar yorildi.
Saudiya Arabistonida arablar bilan tadbirkorlik qilişning öziga xos qoidalari bor. Ehtiyotkorlik muhim, ba’zida berilgan va’dalar bajarilmaydi, bugun siz bilan şartnoma tuzişadi, tölovlarni qilsangiz ham, ertaga kimdir köproq mablağ beraman desa, ularga joy berib yuborişadi. Bu qaror öşa aviakompaniyaga işongan holda ziyoratçilar oldida şu ahvolga tuşib qolganlar va boşqa sayyohlik agentliklarini jazolaşga öxşab qolyapti-da.
Lekin nega katta-katta samolyotlar sotib olib xizmat körsatgan turkompaniyaga şunaqa şartlar qöyilmaydi, kiçkina turfirmalarga esa million dollar zaxira? Özi aslida aviakompaniyalarga qöyilişi kerak edi, çunki paketimiz narxi 70-80 foizi aviaçiptaga boğlangan. Şaxsan menga, million dollar bu juda ham katta summa. Ilgari xorijiy filmlarda, million dollar haqida eşitardik.
– Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev litsenziya uçun qöyiladigan 1 million dollar mablağni katta miqdor emas, deb atadi. Bu qançalik töğri, sayyohlik firmalari va soha uçun bu katta pulmi yoki katta emasmi?
Farhod Hoşimov:
– Bu miqdorning özgarişi masalaga qanday yondaşişga boğliq. Masalan, ziyoratçilarga xizmat körsatiş uçun bu pulni qöyib, agar litsenziya qölga kiritilsa, bu har bir firma uçun katta şaraf. Töğri, hozir hamkasblarimiz uçun bir million katta pul. Ammo, agar bu ön million bölsa va bu ön millionni tölasa, ziyoratçilarga xizmat qiliş uçun katta mas’uliyat böladi. Bugun bor, ertaga yöq firmalar, qirqta odamni jönatib yuborib, ularning holidan xabar olmaydiganlar uçun aytilmayapti bu. Lekin niyat töğri bölsa, xizmatni yaxşi bajariş kerak.
Şerzod Sami:
– Bir million dollar summa aslida milliarder odam uçun million katta pul emas. Sömga nisbatan oladigan bölsak ham şunday ma’no çiqadi. Lekin million dollarlik litsenziya qandaydir alomat böldi. Hatto qöşni mamlakatlar, masalan, Saudiya Arabistonidagi hamkorlarimiz ham hayratda. Çunki Özbekistonda toğ-kon, metallurgiya va oltin işlab çiqariş sohalarida ham million dollar zaxira qöyiş, degan talab bölmasa kerak.
Qarorni qabul qiliş jarayonida Moliya vazirligi va boşqa tegişli vazirliklar bilan kelişilgandir. Million dollarning texnik-iqtisodiy asosi bormi, nega aynan million dollar? Diniy qömita raisi ön beş ming ziyoratçi qolib ketdi dedi. 15 ming ziyoratçi uçun örtaça ming dollardan hisoblaganda, ön beş million dollar böladi, unda nega 15 million dollar emas? Savollar köp.
Yana bir narsa, hisobraqamga million dollarni sömda qöyiş tadbirkorlarga zarar keltirişi mumkin. Valutada e’lon qilindi, lekin hisob raqamga qöyiş vaqti sömda, deyilmoqda. Bu masalada murojaat qildik qömitaga. Masalan, ötgan yili 100 ming dollar deyilgan, valutani sömga aylantirib bankka qöygan edik. Yaqinda sömda yeçib oldik va dollarga aylantirganimizda 5 ming dollar zarar qildik. Agar, endi bu holat 1 million dollar bilan bölsa, 83 ming dollar zarar qilar ekanmiz. Buni kim qoplaydi, biznesda, albatta oxiri borib iste’molçining boşiga tuşadi-da bu. Şuning uçun iltimos kiritdik, valutada ham hisobraqam oçiş uçun.
– Lisenziya şartlaridan birida umra xizmatini uçinçi davlatlar orqali körsatmaslik şarti bor. Bu yerda ikkinçi davlat orqali “peresadka” qilib uçib bormaslik nazarda tutilyaptimi yoki qöşni davlatdagi, boşqa davlatdagi turfirmalar orqali xizmat körsatmaslik nazarda tutilyaptimi?
Şerzod Sami:
– Menimça, bu yerda uçinçi davlat orqali xizmat körsatmaslik deganda faqat töğridan-töğri parvozlar bilan xizmat körsatiş belgilab qöyilyapti. Bundan taşqari, qarorning ilovalarida tanlovda yutiş uçun rezident aviakompaniyalar bilan şartnoma taqdim qilişga, transport vazirligining uşbu aviakompaniyaga ijobiy xulosa berişiga ustunlik berilgan. Bu korrupsion holatlar kelib çiqişiga olib kelişi mumkin. Aviakompaniyalar orasida raqobat bölişi kerak deb öylayman. Arzon kompaniyalar orqali uça olmaydi, töğridan töğri rezident kompaniya degandan ham tuşuniş mumkinki, qandaydir lazeyka qoldirib ketilyapti.
Oxirgi yillarda biz Saudiyaga ziyoratçilarni olib boriş böyiça ilğorlab ketgandik, töğridan töğri reyslar va turlar köpligi uçun Tojikiston va Qirğizistonning yaqin hududlaridan, Çimkentdan ziyoratçilar biz orqali uçişdi. Bu katta yutuq edi. Töğrisi, endi u turfirmalar xursand ötiribdi, çunki biz raqobatbardoş narxlar bilan ta’minlab bera olmasak, ziyoratçilar oqimi ham ularga ötib ketadi. Bittasi Toşkentdan 80 kilometr masofada, ikkinçisi vodiydan 10 kilometr masofada juda qulay aeroport bor. Tranzit orqali Umraga borolmasa, Toşkentdan boşqa aeroportlarda ham yölovçilar soni kamayib ketadi.
– Lisenziya şartlaridan yana biri ziyoratçilarni 3 yulduzdan kam bölmagan mehmonxonaga joylaş, şuningdek boriş-qaytiş aviaçiptalarini oldindan xarid qiliş. Bular qançalik asosli?
Farhod Hoşimov:
– Bizlar boriş-keliş çiptalari arzon tuşişi uçun har ikkisini birgalikda sotib olamiz. Qaytişga arzonroq bölib qolişi ham mumkin, lekin joy bölmasa odam qolib ketişi mumkin. Şuning uçun biz har doim boriş-keliş çiptasini olişni afzal bilamiz. Bu aviakompaniyalarning boriş-keliş çiptasini majburiy kiritişi tajribasizlikning oldini oliş uçun töğri yöl. Kompaniyalar ziyoratçilarning qaytişlariga kafolat berişi kerak.
3 yulduzdan kam bölmagan mehmonxonalarga joylaştiriş şarti ham paket narxiga deyarli ta’sir qilmaydi. Çunki Makkadagi beş yulduzli mehmonxona agar soliştiruv qilinsa, Dubay yoki Malayziyadagi, yoki boşqa davlatlarni beş yulduzlidan sifat böyiça farq qiladi. Endi agar bular uç yulduzdan past bölib ketsa, qanaqa bölişini tasavvur qilavering. Şu nuqtai nazardan bu şartni ham töğri, deb hisoblayman. Bu minimal narsa belgilangani yaxşi, maksimal albatta ixtiyoriy böladi.
Şerzod Sami:
– Yana bir holat, bu yil turfirmalar uçun Musulmonlar idorasi ğarazli maqsadda ellikboşilar bilan ta’minlanişi haqida yozilgan. Ya’ni idora bilan şartnoma tuzib, şu asosda ellikboşilar ajratib beriladi. Ellikboşilar bilan ham özimiz alohida şartnoma tuzamiz va ularga xarajatlaridan taşqari kunlik pul tölanadi. Bu ham qöşimça xarajat.
Turfirmalar uçun faqat Umra viza talabi ham töğri, deb öylaymiz. Çunki sayyohlik vizadan farqli ölaroq Umra viza bilan borgan fuqarolarga Saudiyadagi şu şirkat javobgar böladi. Favqulodda vaziyatlarda yordam beradi. Buni Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi nazorat qilib turadi. Bu vizalar orasida 30-35 dollar tafovut bor.
Yil boşida Özbekiston fuqarolari bilan bölgan mojarolarda yarim “şirkatlar” 10 dollar atrofidagi diplomatik vizalardan ham foydalanib kelgani ma’lum böldi. 10 mingta diplomatik viza rasmiylaştirilgan. Saudiya Arabistoni Özbekistonga rasmiy nota yuborgan, sizlarda 10 ming diplomat bormi, deya.
Hukumat qarori va nizomning ayrim bandlarida bir-biriga zid kelayotgan yoki tuşunarsiz bandlar bor. Keçagi yiğilişda ham, köp savollarimiz oçiq qoldi. Diniy qömita raisi Kun.uz'ga bergan intervyusida qança firma şartlarni bajarsa, hammasiga litsenziya beriladi, degan edi. Lekin qaror ilovasida faqat ğolib firma va zaxira ğolibi ajratib olinadi, tanlov qilib deyilgan. Agar, faqat 1 firmaga berilsa litsenziya, buning nima bölişi aniq-ku. Turli tölovlar va boşqa xarajatlar bilan tanlovda qatnaşişimning özi 10 ming dollarga tuşib ketarkan. Bundan taşqari, 1 million dollarlik tanlovga atigi 28 oktyabrgaça muhlat berib qöygan. Xullas savollar köp, javob ham, hali özlarida ham töliq tuşuntiriş yöq.
Agar bu şartlar amalga kiritilsa hamda barçasi bilan töliq işlasangiz, ziyorat uçun hozirgi 800-1000 dollarlik narxlar tarix bölib qolişi mumkin. Million dollar zaxiraga qöyganingizdan keyin “risklar” oşadi, kutilmagan xarajatlar paydo böladi. Bularning hammasi esa, afsuski oxiri borib iste’molçilar gardaniga tuşadi. Yana qolganini vaziyat körsatadi.
Töliq intervyu bilan yuqoridagi video orqali tanişib çiqişingiz mumkin.