Lisenziyalovçi organ tadbirkorlar uçun maksimal qiyin talablarni joriy qildi. Endilikda “umraçi” turfirmalar 1 million dollarni maxsus jamğarmaga zaxira qilişi, xizmatlarni uçinçi davlatlar orqali körsatmasligi hamda Saudiyadagi hamkor şirkatga faqat bank orqali tölov qilişi kerak böladi. 

2024 yil 12 oktabr kuni “Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq çora-tadbirlarni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 668-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita axborot xizmati ma’lum qildi.

2024 yil 2 iyulda qabul qilingan qonun bilan joriy yil 5 oktyabrdan Din işlari böyiça qömita Umra xizmatini körsatiş böyiça litsenziya beruvçi vakolatli organ sifatida belgilangan edi. Vazirlar Mahkamasining 668-sonli qarori bilan Din işlari böyiça qömita tomonidan beriladigan litsenziya şartlari e’lon qilindi. Xususan, quyidagi talab va şartlari joriy etilmoqda:

  • 1 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağni “Ziyorat jamğarmasi”ga zaxira qilib qöyiş;
  • Ziyoratçilarning guruh rahbari etib Özbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan şartnoma asosida diniy bilim va könikmalarga ega bölgan mutaxassisni tayinlaş;
  • Turfirma ştatida diniy (islomiy) ta’lim yönalişlari böyiça bir nafar mutaxassisning mavjudligi töğrisidagi ma’lumot;
  • Voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat körsatmaslik;
  • Öz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oşirmaslik;
  • Ziyoratçilar uçun Saudiya Arabistonining faqat “Umra vizasi”ni rasmiylaştiriş – boşqa viza bilan olib boriş noqonuniy hisoblanadi;
  • Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podşohligidagi hamkor taşkilot örtasida imzolanadigan şartnomaga muvofiq amalga oşiriş va ular körsatadigan xizmatlar uçun tölovlarni bank muassasalari orqali amalga oşiriş;
  • Ziyoratçilarga Makka va Madina şaharlarida sifatli tibbiy xizmat körsatiş;
  • Xalqaro yönalişda yölovçi taşiş böyiça 2 yildan kam bölmagan tajribaga ega, bu davrda yölovçi taşişning xalqaro va milliy qonunçilik talablarini buzmagan aviakompaniya bilan hamkorlik qiliş;
  • Ziyoratçilarni yuborişdan oldin ularga boriş va qaytiş aviaçiptalarini xarid qiliş;