«Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş jarayonlarini tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2024 yil 1 noyabrdan:

- xorijiy iş beruvçilar tomonidan taklif etilayotgan iş örinlari haqidagi barça ma’lumotlar Migratsiya agentligining elektron platformasi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda oçiq e’lon qilib boriladi;

- Agentlikning elektron platformasida fuqarolarga öz rezyumesini şakllantiriş va joylaştiriş hamda e’lon qilingan iş örinlari böyiça tanlovlarda erkin iştirok etiş imkoniyati yaratiladi;

- vaqtinça mehnat faoliyatiga çiqib ketayotgan fuqarolarga Migratsiya jamğarmasi hisobidan 10 million sömgaça ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi;

- fuqarolarning xorijda işga joylaşişi va «işçi viza»ga oid hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça bepul konsalting xizmatlari körsatiladi.

2024 yil 1 dekabrdan:

- Agentlik tomonidan ta’lim taşkilotlarida xorijga işga ketmoqçi bölgan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga öqitiş böyiça buyurtmalar joylaştiriş tartibi joriy etiladi;

- xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya oliş uçun zaxira qilinadigan mablağlar miqdori BHM 8500 baravaridan 4000 baravarigaça tuşiriladi.

2026 yil 1 yanvargaça Agentlikning fuqarolarni taşkillaştirilgan holda tanlaş, xorijga işga yuboriş va işga joylaştiriş bilan boğliq funksiyalari bosqiçma-bosqiç xususiy bandlik agentliklariga ötkaziladi.