Aksiyalari qiymati rekord darajada ösgan Nvidia kompaniyasi Apple örniga dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi, deb xabar beradi Reuters. Nvidia’ning sun’iy intellektga ixtisoslaşgan çiplariga bölgan talab ortib ketgan.

LSEG ma’lumotlariga köra, Nvidia aksiyalarining bozor qiymati qisqa vaqt içida 3,53 trillion dollarga yetgan, bu Appleʼnikidan biroz yuqori — uning qiymati 3,52 trillion dollarga baholanmoqda.

Iyun oyida ham Nvidia Microsoft va Appleʼni ortda qoldirib, qisqa muddatga dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylangan edi. Texnologik uçlikning bozor kapitalizatsiyasi bir neça oydan beri bir-biriga juda yaqin.

Xususan, Microsoftʼning bozor qiymati 3,2 trillion dollarga yetgan, aksiyalari narxi esa 1,3 foizga qimmatlaşgan.

Kremniy vodiysidagi mikrosxemalar işlab çiqaruvçi kompaniya sun’iy intellekt asosida işlaydigan hisoblaş protsessorlarining asosiy yetkazib beruvçi hisoblanadi. 1990 yillarda videoöyinlar uçun protsessorlar yaratiş bilan şuğullangan kompaniyaning aksiyalari qiymati oktyabr oyining özida 18 foizga ösgan.

Avvalroq Intel kompaniyasi yarim asrdan oşadigan tarixidagi eng yirik inqirozni boşdan ötkazayotgani töğrisida xabar berilgandi. Oxirgi bir yilning özida uning aksiyalari taxminan ikki barobarga arzonlaşgan. Hozirda kompaniyaning bozor qiymati 90 milliard dollarga baholanmoqda, 2020 yilda esa 290 milliard dollardan ortiqqa baholangan edi.