Ukraina qurolli kuçlari safidagi xorijlik harbiylar Xarkiv oblastini himoya qilmoqda

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan köp vaqt ötmasdan Volodimir Zelenskiy butun dunyodagi köngillilarni Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşişda yordamga çorlagandi. 2022 yil martida Ukraina qurolli kuçlari Xorijiy legioniga 20 ming atrofidagi xorijlik yozildi. 2024 yil oktyabrida Ukrainada xorijliklar va fuqaroligi yöq şaxslarga Ukraina qurolli kuçlari, Milliy gvardiya, Davlat maxsus transport xizmati kabi tuzilmalar bilan şartnoma tuziş hamda ofitserlik lavozimlarini egallaşga imkon beruvçi qonun qabul qilindi. Quyida Ukraina qurolli kuçlarining 23-alohida öqçi batalyonidagi xorijlik harbiylar Xarkiv oblastida xizmat ötayotgani aks etgan fotosuratlar.

«Dima» çaqiruv belgili amerikalik harbiy
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Belgiyalik harbiy «Tonkiy» çaqiruv belgisini olgan
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Amerikalik harbiy ayol Neko
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Tayvandan kelgan harbiy Li. U keng kölamli uruş boşlanganidan buyon Ukrainada jang qilmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Xerson oblastidagi kubaliklar

Rossiyaning TASS davlat agentligi Ukrainaning Xerson oblastida jang qilayotgan Havo-desant qöşini 52-brigadasi artilleriyaçilari fotosuratlarini e’lon qildi. Kadrga tuşgan harbiylar orasida — kubalik Piyer-Antuan Subisarreta ham bor, TASS ma’lumotiga köra, u Rossiya fuqaroligini olgan va şartnoma böyiça harbiy xizmatga yöl olgan. 2023 yil sentabrida Kuba rasmiylari iştirokçilari Kuba fuqarolarini Rossiya tomonida turib Ukrainadagi uruşda iştirok etiş uçun yollab kelgan odam savdosi böyiça tarmoqni foş qilgandi. Qayd etilişiça, uruşga yollaş işlari Kubaning özida hamda Rossiyada yaşovçi kubaliklar orasida olib borilgan.