Hindiston boş vaziri Narendra Modi Qozonda ötgan BRICS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «sohrai» texnikasidan foydalangan holda çizilgan rasm sovğa qildi, deb yozdi The Times of India.
Qayd qilinişiça, rasm oq sopolga möyqalam, tayoqça, barmoq bilan çizilgan va murakkab naqşlardan iborat. Unda hayvonlar, quşlar va tabiat tasvirlanib, mahalliy qabila madaniyati doirasida agrar hayot tarzini va tabiatga çuqur ehtiromni ifodalaydi.

Şuningdek, Modi boşqa davlatlar rahbarlarini ham e’tibordan qoldirmadi. Xususan, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga an’anaviy «Varli» rasmini, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyonga esa dengiz çiğanoqlaridan yasalgan vaza sovğa qildi.
Naşrning ta’kidlaşiça, «Varli» san’ati Maxaraştraning Varli qabilasidan kelib çiqqan bölib, 5 ming yillik tarixga ega. Asosiy geometrik şakllar yordamida çizilgan rasmlarda tabiat manzaralari, bayramlar va ijtimoiy tadbirlar orqali qabila hayoti tasvirlanadi.
BRICS sammiti 22-24 oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon şahrida bölib ötdi. Unda 35 davlatdan delegatsiyalar qatnaşdi, ulardan 23 tasiga yuqori mansabdor şaxslar, qolganlariga boş vazirlar boşçilik qildi.












