Parijda «Oltin töp-2024» marosimi bölib ötdi. Unda jahonning eng yaxşi futbolçisi va yana bir qator nominatsiyalarda ğoliblar aniqlandi. 

Boş mukofot «Mançester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Rodri Ernandesga nasib etdi. 

28 yoşli futbolçi ötgan mavsumda milliy jamoasi bilan Yevropa çempionatida zafar quçdi va turnirning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Şuningdek, Rodri «Siti» safida APLda çempion böldi. 

Top-5dan «Real»ning 3 futbolçisi — Vinisius Junior (2), Jud Bellinghem (3), Dani Karvaxal (4) va «Mançester Siti» hujumçisi Erling Holand (5) örin oldi.

Ayollar örtasida «Barselona» futbolçisi Aytana Bonmati qatorasiga ikkinçi yil «Oltin töp»ga sazovor böldi. 

Marosimda yana bir qator nominatsiyalarda ğoliblar e’lon qilindi: 

Eng yaxşi murabbiy — Karlo Ançelotti («Real»/Italiya)

Ayollar futbolida eng yaxşi murabbiy — Emma Hayyes («Çelsi»/AQŞ)

Eng yaxşi klub — «Real» (Ispaniya)

Eng yaxşi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya)

Eng yaxşi yoş futbolçi — Lamin Yamal («Barselona»/Ispaniya)

Eng yaxşi darvozabon — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina)