Poytaxt tumanlari va respublikaning 15 ta hududidagi dorixonalarda elektron retsept bilan işlaş amaliyoti boşlandi. Endi şifokor yozib beradigan DMED retseptisiz ayrim dorilarni olib bölmaydi. Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Farmagentlik rasmiylariga köra, hozirda yangi tizim ustida işlar davom ettirilmoqda. Undagi kamçiliklar bosqiçma-bosqiç bartaraf etilişi kutilyapti.
10 dekabrdan boşlab poytaxt hamda respublikaning belgilangan 15 ta hududida dorilar şifokorning maxsus elektron retseptisiz berilmaydigan böldi.
Buning uçun jami 10 mingga yaqin dori vositalari röyxati şakllantirilgan. Undan 1 800 ga yaqini retsepsiz beriladigan dorilar hisoblanadi. Qolgani esa retsept bilan beriladi. Bu röyxat ommaga ham e’lon qilingan.
Yangi amaliyot işga tuşgaç, köplab yurtdoşlarimiz norozi bölmoqda. Retsepsiz beriladigan dorilar qatorida surunkali kasali bor, oğir bemorlarga favqulodda yetkazilişi kerak bölgan preparatlar mavjudligi tanqid qilindi.
Retseptni olişdagi navbatlar, DMED (tibbiy axborot tizimi)ning işlamay qolişi, elektron imzo va QR-kodli çekni boşqa aptekada işlatolmaslik kabi masalalar ham turli savollarni keltirib çiqarmoqda.
Kun.uz şu kabi muhim savollar bilan Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alişer Temirov, Soğliqni saqlaş vazirligi davolaş departamenti boşliği Abror Alijonov hamda vazirlik raqamlaştiriş boşqarmasi boşliği Nodir Eşnazarovga yuzlandi.
Mas’ullar savollarga javob berib, jarayondagi muammolar bartaraf etib borilişini va’da qilişdi. Töliq intervyuni yuqoridagi video orqali körişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, SSVning 1003 qisqa raqamli “işonç telefoni” bazasida muntazam faoliyat yurituvçi alohida Call-markaz işga tuşirilgan.
U orqali malakali mutaxassislar Toşkent şahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar)da “Elektron retsept” tizimi amaliyotiga doir savollar va murojaatlarga tun-u kun javob berib boradi.
Qolaversa, murojaatlarni DMED koll markazining +998712025000 raqamiga yetkaziş yoki
















