Şimoliy Koreya askarlari Rossiya tomonida turib jangga kirişsa, Ukraina Qurolli kuçlarida (UQK) ularga qarşi Amerika qurollarini qöllaş böyiça heç qanaqa çeklov bölmaydi. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Sabrina Singx ma’lum qildi.
Pentagon hisob-kitoblariga köra, Şimoliy Koreya özining 10 ming askarini Rossiyaga yuborgan. «Ularning bir qismi allaqaçon Ukraina yaqiniga joylaşib bölgan va biz Rossiya ulardan jangovar harakatlar yoki Kursk oblastida UKQga qarşi operatsiyalarni qöllab-quvvatlaşda foydalanişidan xavotirdamiz», — deydi Singx.
Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreya askarlari jang maydonida köriniş bersa «bu vaziyatning yanada kuçayişini va prezident Vladimir Putinning umidsizligi ortib borayotganini anglatadi», şuningdek, Rossiya armiyasining «muammolari kutilganidan ham kattaroq ekanini» bildiradi. Singx ukrainlar özlarining suveren hududi uçun kuraşayotganini, AQŞ esa nima bölgan taqdirda ham ularni qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş majburiyatini zimmasiga olganini eslatib ötdi. «Bu ayni vaqtda ruslarning yöqotişi 500 ming kişini taşkil etayotgan uruşga öz askarlarini yuborayotgan Şimoliy Koreya inobatga olişi kerak bölgan jihat», — deya ta’kidlaydi Singx.
Şu bilan birga, u KXDR qöşinlari Kurskka yetib borganini tasdiqlaşdan boş tortgan. «Aftidan, ular şu yönaliş böyiça harakatlanmoqda… Ammo hozirça menda bu borada batafsil ma’lumotlar yöq», — deydi Pentagon vakili. 28 oktyabr kuni NATO boş kotibi Mark Ryutte Şimoliy Koreya harbiylari Kursk oblastiga yetib kelganini ma’lum qilgandi.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, KXDRning 1,5 ming nafar elita maxsus kuçlari 8-13 oktyabr kunlari Vladivostok portiga yetib kelgan va hozirda mahalliy poligonlarda tayyorgarlikdan ötmoqda. Bölinmalar tarkibida askarlardan taşqari bir neçta yuqori martabali ofitserlar, jumladan, maxsus operatsiyalar böyiça qömondonlik qiluvçi general ham bor.
Öz navbatida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seul Şimoliy Koreya qöşinlarining Rossiyaga yuborilişi va ulardan Ukraina uruşida foydalanilişi «nafaqat Koreya yarimorolidagi, balki Yevropadagi global xavfsizlikka ham tahdid tuğdiruvçi provokatsiya» deya hisoblaşini aytib, UQKga qurol yuboriş imkoniyatini körib çiqişga tayyorligi haqida ogohlantirdi.

















