Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 1 apreldan boşlab tarkibida şakar mavjud bölgan gazlanmagan salqin çoylar, meva şarbatlari, kompotlar va boşqa gazlanmagan şakarli içimliklarning 1 litri uçun 500 söm miqdorida aksiz soliğini joriy etişni rejlaştiryapti. Mazkur taklif böyiça 2025−2027 yillar uçun işlab çiqilgan budjetnoma loyihasida ma’lumot berilgan.
Qayd etilişiça, quyidagi asosiy soliq turlari böyiça stavkalar özgarişsiz saqlab qolinadi:
- foyda soliği — 15 foiz;
- qöşimça qiymat soliği (QQS) — 12 foiz;
- jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği — 12 foiz;
- ijtimoiy soliq — 12 foiz (budjet taşkilotlari uçun — 25 foiz);
- yuridik şaxslar mol-mulk soliği — 1,5 foiz;
- aylanmadan olinadigan soliq — 4 foiz.
Şuningdek, qişloq xöjaligi yerlarini suğoriş va baliq yetiştiriş uçun foydalaniladigan suv hajmi böyiça soliq stavkasi 1 kub metr uçun 100 söm, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
Öz navbatida 2025 yil 1 apreldan boşlab neft mahsulotlari, xususan benzin, aviakerosin, dizel yoqilğisi, EKO dizel yoqilğisi, dizel yoki karbyurator (injyektor) dvigatellari uçun motor moyi hamda yakuniy iste’molçiga realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilğisi, suyultirilgan va siqilgan gaz uçun tölanadigan aksiz soliği stavkalarini 10 foizga oşiriş rejalaştirilgan.
Yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalarini belgilaşda quyidagilar taklif etilmoqda:
- qazilma boyliklarida soliq uluşi uning xarid narxiga nisbatan juda pastligini inobatga olib, marmar, granit, tabiiy bezaktoş, qum–şağal aralaşmasi (şu jumladan, quriliş qumi va qumtoşlar) uçun alohida soliq stavkalari belgilaş;
- kon-kimyo xomaşyosi hamda boşqa noruda quriliş materiallari uçun qazib olingan hajmga belgilangan qat’iy miqdorlarni 10 foizga indeksatsiya qiliş.

















