Janubiy Koreyada yaşovçi şimoliy koreyalik qoçqinlar, agar ular Ukrainadagi frontga ötkazilsa, Şimoliy Koreya harbiy xizmatçilariga ta’sir ötkazib, Ukraina armiyasiga yordam berişga tayyor. Hongkongning South China Morning Post gazetasi seşanba kuni xabar berişiça, 200 ga yaqin qoçqinlar guruhi «sobiq safdoşlariga qarşi psixologik uruş kampaniyasini boşlaş uçun Ukrainaga bormoqçi».

KXDR sobiq harbiylari UQKga yordam berişga tayyor

Gap armiyada 7 yildan 9 yilgaça xizmat qilgan, tajribaga ega sobiq KXDR harbiylari haqida bormoqda. Ular özlarining içki bilimlaridan şimoliy koreyaliklarning psixologik zaifligidan foydalaniş, ularni tartibsizlantiriş va Ukrainadagi frontga jönatişsa, ruhiyatini buziş uçun işlatmoqçi.

«Biz u yerga psixologik uruş agenti sifatida — ovoz kuçaytirgiçlar, varaqalar tarqatuvçi va hatto tarjimon sifatida işlaş uçun borişga tayyormiz», dedi 69 yoşli An Çang Il This Week naşriga. «Biz Şimoliy Koreyaning harbiy madaniyati va psixologik holatini hammadan köra yaxşiroq tuşunadigan uruş faxriylarimiz», — dedi u.

Ukraina Qurolli kuçlariga yordam berişga tayyor yana bir faol Li Min Bok Ukrainaning Seuldagi elçixonasiga oçiq xat e’lon qildi va unda Volodimir Zelenskiyga murojaat bilan çiqdi. U Zelenskiyni «Şimoliy Koreya askarlarini qutqarişga yordam berişga imkon yaratişga çaqirdi», deyiladi ma’lumotda.

Pentagon: KXDRning oz sonli askarlari - RFning Kursk oblastida

KXDRning bir neça ming askari Rossiya Federatsiyasining Kursk oblasti tomon yöl oldi, ularning oz soni allaqaçon öşa yerda. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi. Uning 29 oktyabr kuni aytgan sözlarini Reuters agentligi keltirgan. Pentagon ma’lumotlariga köra, Rossiya ulardan Ukraina Qurolli kuçlariga qarşi quruqlikdagi qöşinlar tarkibida foydalanişi mumkin.

«Biz Rossiya bu askarlardan jangovar harakatlarda yoki Kurskdagi Ukraina kuçlariga qarşi jangovar operatsiyalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida foydalaniş niyatida ekanligidan xavotirdamiz», — dedi Rayder. Uning qöşimça qilişiça, Şimoliy Koreya qöşinlari göyoki Ukrainada ekani haqidagi xabarlarni tasdiqlay olmaydi.

«Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib borişda va ukrainalik hamkorlarimiz, şuningdek, boşqa ittifoqçi va hamkorlarimiz bilan maslahatlaşişda davom etamiz», dedi Rayder.