Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasiga tegişli Devonshire Dock Hall (DDH) kemalarni ta’mirlaş korxonasida yonğin yuz berdi. Mahalliy politsiyaga köra, yonğin boşlangan vaqtda korxonada Britaniya atom suvosti kemasi bölgan.

Hodisa oqibatida ikki kişi jarohatlangan, ular tutundan zaharlaniş bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ta’mirlaş korxonasida bölgan barça işçilar evakuatsiya qilingan, mahalliy aholiga eşik-derazalarni yopiş va zarurat bölmasa köçaga çiqmaslik tavsiya qilingan.

Politsiyaning qayd etişiça, yadroviy hodisa xavfi yöq. BAE Systems kompaniyasi yonğinni öçiriş böyiça favqulodda xizmatlar bilan hamkorlik olib borayotganini ma’lum qildi.

Londondan 350 kilometr şimoli-ğarbda joylaşgan kemasozlik korxonasi 150 yil oldin qurilgan. Ayni vaqtda u yerda Buyuk Britaniya Qirollik floti uçun bir neçta atom suvosti kemalari qurilmoqda. Gap Astute va Dreadnought turidagi suvosti kemalari haqida ketmoqda.

BAE Systems — dunyodagi eng yirik qurol işlab çiqaruvçilardan biri. U tank va qiruvçi samolyotlar kabi jangovar texnikalarni ham işlab çiqariş bilan şuğullanadi.