Tojiali ota çorboğiga yoğoçdan lift yasagan. Bahavo tepalikka liftda kötarilib oşna-oğaynilari bilan suhbat quradi. Qayiqda suzib baliq ovlaydi, asalari, uzum parvarişlab yaxşigina daromad oladi. “Inson doim harakatda bölişi, hayotdan zavqlanişni bilişi kerak”, – deydi ançagina tetik otaxon.
Farğona viloyatining Qöştepa tumani Qorajiyda qişloğida yaşovçi Tojiali ota Nortojiyev bilan suhbatlaşsangiz dilingiz yayraydi. Otaxon liftni nima maqsadda yasagani, kiçikkina baliqçilik köli, asalari haqida sözlab berdi.

“Mana şu hovuzni 20 yil avval baliq boqiş maqsadida qaziganman. Har yili baliq köpaytiriş uçun uruğ taşlayman. Kuz oylarida tayyor bölib yetilgan baliqlarga qarmoq yoki tör taşlab tutib qarindoşlarga, mahallaga savob uçun tarqatamiz.

Baliq ovlayotgan odam bor diqqatini bir işga qaratib faqat şu bilan maşğul bölar ekan. Boşqa dunyo maşğulotlarini unutib faqat baliq ovlaşga asosiy e’tiborini berarkan. Şuning uçun ham baliq tutiş umrni uzaytiradi. Asablarining tinçlanişiga olib keladi.

Niyat qilganman, Xudo xohlasa 100 yoşga kirsam ham baliq boqiş, asalari köpaytiriş bilan şuğullanaman.
Asalarining inson soğliğiga katta foydasi bor, hatto zahri ham şifo odamzodga. Ibn Sino bobomizning tayyorlagan köp dorilari tarkibida asal bor. Asalari boqiş ham kunlik yumuşim. Ulardan olingan asalni savdo uçun işlatmaymiz, tijorat bilan şuğullanmaymiz. Asalni yöqsil oilalarga ham xayriya qilamiz.

Alloh quvvatimizni berib tursa har kuni kölga kelib baliqlarni ovqatlantirib turaman. Boğimizda 3-4 xil uzum navlari bor. Rizqqa yaraşa har yili hosil berib turibdi. Bu uzumlarni 13-14 yil avval ekkanman va yaqinda boşqa xil navlarni ham olib keliş niyatimiz bor.


















