Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevning Rossiyani töxtatib turiş uçun Amerikaning örta masofaga uçuvçi «Tomagavk» (Tomahawk) qanotli raketalarini yetkazib beriş haqidagi iltimosini tasdiqladi. Biroq u 30 oktyabr, çorşanba kuni Şimoliy Yevropa OAV vakillari bilan suhbat çoğida bu Ukraina va AQŞ rasmiylari örtasidagi maxfiy ma’lumot ekanini aytdi.

«Ommaviy axborot vositalarida hozir nima bölayotganini köryapsiz: ular Ukraina «Tomagavk» kabi köplab raketalarni olişni xohlayotganini aytişyapti. Lekin bu Ukraina va Oq uy örtasidagi maxfiy ma’lumotlar edi. Bu xabarlarni qanday tuşuniş mumkin. Bu hamkorlar örtasida heç qanday maxfiy narsa yöqligini anglatadi», — dedi Ukraina rahbari.

Tomahawk raketalarining masofasi Kiyev ilgari oz miqdorda olgan ATACMS qattiq yonilğida işlovçi taktik ballistik raketalaridan yetti baravar köp.

NYT: Zelenskiyning «tiyib turiş paketi»ga Tomahawk kiritilgan

Bir kun avval The New York Times (NYT) Zelenskiyning Ğarbga taqdim etgan «ğalaba rejasi»ning ommaga oşkor etilmagan qismi «yadroviy bölmagan tiyib turuvçi paket»ni öz içiga olgani, u, Kiyevga köra, Tomahawk raketalarini olişni öz içiga olişi mumkinligini xabar qilgan edi.

Şu bilan birga, yuqori martabali amerikalik mulozimga köra, Kiyevning iltimosi Vaşingtonga «mutlaqo imkonsiz» körinyapti.

Şimoliy Yevropa OAVga bergan intervyusida Zelenskiy «ğalaba rejasi» doirasida Qöşma Ştatlardan uzoq masofali qurollar paketini nega söraganini tuşuntirdi. Uning ta’kidlaşiça, bu qurollar, birinçi navbatda, Rossiya vaziyatni keskinlaştirgan taqdirda, töxtatuvçi vosita bölib xizmat qilişi kerak edi.

«Men bu ogohlantiruvçi usul ekanligini aytdim, ular bu eskalatsiya deb javob berişdi», dedi u.