Rossiya armiyasiga yollangan özbekistonlik yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 2001 yilda Farğona tumanida tuğilgan A.Q. işlab pul topiş maqsadida 2022 yil 3 fevral kuni Rossiyaning Moskva şahriga borgan. U şaharning Lyuberse mavzesidagi savdo majmualarida tozalovçi bölib işlay boşlagan. 2022 yil sentabr oyida narkojinoyatda ayblanib, qölga olingan va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Şu tariqa A.Q. Yekaterinburg şahridagi jazoni ijro etiş muassasasida jazo muddatini ötay boşlagan. 2024 yil noyabr oyida u qamoqxona rahbariyatining Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etiş taklifiga rozilik bildirgan. Buning uçun unga qamoqdan ozod qiliş hamda Rossiya fuqaroligini beriş va’da qilingan.
A.Q. 2024 yil noyabr oyi örtalarida Rossiya fuqaroligini oliş uçun ariza topşirgan hamda uşbu davlat Qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzgan. 2024 yil 24 noyabr kuni unga Rossiya fuqarolik pasporti berilgan. 2024 yil 27 noyabr kuni esa u 21 kunlik dastlabki harbiy tayyorgarlikdan ötiş uçun Donetsk hududiga jönab ketgan.
Dastlabki harbiy tayyorgarlikdan söng A.Q. Donetskning Gorlovka şahriga borib, bu yerda maxsus tayyorlangan şaxtaga joylaşgan. Söngra uruş maydonidagi Rossiya askarlariga mototsiklda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş vazifasini bajarişga kirişgan.
A.Q. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan hamda qamoqxonadagi qiynoq va qörqituvlardan söng Rossiya armiyasiga yollanişga rozi bölganini aytgan.
“Jazoni ijro etiş muassasasi rahbari köplab mahkumlarni çaqirtirib, umumiy tarzda Rossiya Qurolli kuçlari tarkibiga qöşiliş hamda Ukrainaga qarşi uruşga boriş taklifini bildirdi. Buning uçun qamoqdan ozod qilişni va Rossiya fuqaroligini berişni va’da qildi. Bu taklifni rad etdim. 2024 yil avgust oyida işga öz vaqtida bormaganim sababli 15 kun karserga joylaştirişdi. Karserdan çiqib, 2 kun umumiy tartibga ötdim. Biroq yana karserga joylaştirişdi va şundan keyin 3 oy davomida öşa yerda ötirdim.
2024 yil noyabr oyida muassasa boşliği çaqirib, Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzişni taklif qildi. Agar uşbu taklifni rad etsam jazo muddatimga yana 10 yil qöşilişini aytdi. Şu sababli uning taklifiga majburan rozi böldim.
Söngra fuqarolikka ariza topşirdim va Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzdim. Dastlabki harbiy tayyorgarlik Donetskdagi poligonda bölib ötdi. 2024 yil dekabrda Gorlovkadagi harbiy xizmatçilar turar joyiga olib borişdi. Bu yerda 4-5 kun bölib, söngra uşbu şahar çekkasidagi kömir koni şaxtasiga borib joylaşdim.

















