Prezidentning JST böyiça maxsus vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilişiça, taşkilotga a’zo böliş böyiça AQŞ bilan 14 oy davom etgan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.
«Judayam samarali hafta böldi, AQŞ bilan Özbekistonning JSTga qöşilişi böyiça ikki tomonlama muzokaralarni yakunladik.
14 oy davom etgan faol muzokaralar mantiqiy manziliga yetdi!
Bularning barçasi davlatimiz rahbarining uşbu taşkilotga qöşiliş borasidagi körsatmalari va qöllab-quvvatlaşlari, prezidentimiz yordamçilarining islohotlarni faollaştirişdagi sa’y-harakatlari, bir butun JST jamoasining tinimsiz mehnati natijasidir», deya yozdi Urunov özining LinkedIn’dagi sahifasida.
Avvalroq, Özbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo böliş böyiça muzokaralarni yakunlagani xabar qilingandi.
Özbekistonning JSTga a’zo böliş sari qadamlari
Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni 2005 yilda töxtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon işçi guruhning 4-uçraşuvi bilan rasman qayta boşlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va 2023 yil noyabr oylarida, şuningdek, 2024 yil may oyida işçi guruh yiğilişlari bölib ötdi. Şu bilan jami Özbekiston taşkilotga a’zo böliş böyiça 8 ta yiğiliş ötkazdi.
May oyidagi yiğilişda Özbekistonda ilk bor taşkilotga a’zo böliş muddati borasidagi maqsadini e’lon qildi. 2026 yil Özbekiston Jahon savdo taşkilotining 2026 yil Kamerunda bölib ötadigan vazirlar konferensiyasiga qadar uşbu taşkilotga a’zo bölib kirişni rejalaştirmoqda.

















